XALQ DEPUTATLARI DENOV TUMANI KENGASHINING
QARORI
Denov tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 299-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda tuman hokimining 2025-yil 15-martdagi 39-8-111-F/25-sonli farmoyishiga asosan Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo boʻlinmasi tomonidan Surxondaryo viloyati Denov tumani hududidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlari yakuniga koʻra tumanning umumiy perimetri 180440.85 metr, tuman umumiy maydoni 82450,77 gektar ekanligi aniqlandi.
Jumladan:
1. Anbarsoy qishlogʻining umumiy perimetri 35522,10 metr, umumiy maydoni 2999,19 gektar.
2. Binokor qishlogʻining umumiy perimetri 19637,29 metr, umumiy maydoni 1043,50 gektar.
3. Dahana qishlogʻining umumiy perimetri 42265,21 metr, umumiy maydoni 3037,76 gektar.
4. Denov qishlogʻining umumiy perimetri 28603,51 metr, umumiy maydoni 1457,26 gektar.
5. Fargʻona qishlogʻining umumiy perimetri 28883,81 metr, umumiy maydoni 1622,48 gektar.
6. Hazorbogʻ qishlogʻining umumiy perimetri 58469,19 metr, umumiy maydoni 5885,01 gektar.
7. Kenagas qishlogʻining umumiy perimetri 66982,99 metr, umumiy maydoni 7545,64 gektar.
8. Pistamozor qishlogʻining umumiy perimetri 45526,00 metr, umumiy maydoni 2537,77 gektar.
9. Qiziljar qishlogʻining umumiy perimetri 50252,96 metr, umumiy maydoni 3686,77 gektar.
10. Tortuvli qishlogʻining umumiy perimetri 32936,91 metr, umumiy maydoni 3012,19 gektar.
11. Xayrobod qishlogʻining umumiy perimetri 59853,43 metr, umumiy maydoni 3589,08 gektar.
12. Xolchayon qishlogʻining umumiy perimetri 33280,95 metr, umumiy maydoni 1308,20 gektar.
13. Yangiobod qishlogʻining umumiy perimetri 42197,27 metr, umumiy maydoni 2909,91 gektar.
14. Yangizamon qishlogʻining umumiy perimetri 21849,13 metr, umumiy maydoni 1775,47 gektar.
15. Sina qishlogʻining umumiy perimetri 134359,41 metr, umumiy maydoni 32506,44 gektar.
16. Yurchi qishlogʻining umumiy perimetri 42298,55 metr, umumiy maydoni 3749,57 gektar.
17. Denov shahrining umumiy perimetri 26897,39 metr, umumiy maydoni 1458,31 gektar.
18. Dahana shaharchasining umumiy perimetri 9247,49 metr , umumiy maydoni 136,52 gektar
19. Doʻstlik shaharchasining umumiy perimetri 7527,84 metr, umumiy maydoni 209,27 gektar
20. Jamatak shaharchasining umumiy perimetri 4882,31 metr, umumiy maydoni 105,22 gektar.
21. Nomozgoh shaharchasining umumiy perimetri 7674,46 metr, umumiy maydoni 155,83 gektar.
22. Paxtakurash shaharchasining umumiy perimetri 10860,72 metr, umumiy maydoni 211,34 gektar.
23. Qiziljar shaharchasining umumiy perimetri 9562,17 metr, umumiy maydoni 173,44 gektar.
24. Xitoyan shaharchasining umumiy perimetri 12579,88 metr, umumiy maydoni 332,54 gektar.
25. Xolchayon shaharchasining umumiy perimetri 8057,95 metr, umumiy maydoni 171,91 gektar.
26. Yangi Hazorbogʻ shaharchasining umumiy perimetri 14588,03 metr, umumiy maydoni 330,59 gektar.
27. Yangiobod shaharchasining umumiy perimetri 7697,67 metr, umumiy maydoni 171,74 gektar.
28. Yurchi shaharchasining umumiy perimetri 12344,78 metr, umumiy maydoni 327,84 gektar.
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 24-moddasiga asosan Respublika agrogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo boʻlinmasi yer tuzish va kompleks loyihalash boʻlimi boshligʻi F.Xoʻjamurodovning axborotini tinglab, muhokama qilinib, xalq deputatlar Denov tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish Markazining 2025-yil 5-iyundagi №22-06/2399-sonli xati maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 299-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Respublika agrogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo boʻlinmasi yer tuzish va kompleks loyihalash boʻlimi boshligʻi F.Xoʻjamurodovning Denov tumanining maʼmuriy-hududiy birliklari chegaralarini belgilash toʻgʻrisidagi axboroti hamda Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo boʻlinmasi tomonidan Surxondaryo viloyati Denov tumani hududidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash boʻyicha bajarilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish yuzasidan Denov tumani komissiyasining 2025-yil 21-apreldagi 01-06/7-sonli yigʻilish bayoni tasdiqlansin.
3. Xalq deputatlar Denov tumani Kengashining 2025-yil 13-maydagi “Denov tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash toʻgʻrisida” VII-9-54-8-111-K/25-son qarori bekor qilinsin va oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Xalq deputatlari tuman Kengashining mazkur qarori tuman hokimligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
5. Ushbu qarorning tasdigʻi xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashidan soʻralsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ABROROV ILXOM IBRAXIMOVICH
Surxondaryo viloyati, Denau tumani,
2025-yil 11-sentabr,
VII-11-83-8-111-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.