11.09.2025 yildagi VII-11-86-8-111-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI DENOV TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror (resheniye)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Denov tumani maʼmuriy-hududiy chegarasini belgilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarining yakuniy natijalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 21-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 41-son bayoni 20-bandi ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2023-yil 15-dekabrdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tuman(shahar)lar maʼmuriy-hududiy chegaralarini tasdiqlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha” 03/4.3-253-son bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 21-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 41-sonli bayoni 20-bandi ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2023-yil 15-dekabrda 03/4.3-253-son bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish Markazining 2025-yil 7-fevraldagi 22-06/574-sonli xati maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo boʻlinmasining 2024-yil 8-avgustdagi Denov tumani hokimiga yuborilgan 01-117-sonli xat orqali maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir hujjatlar inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Denov tumani maʼmuriy-hududiy chegarasini belgilash masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman komissiyasining 2024-yil 1-avgustdagi 01-03/73-sonli yigʻilish bayoni maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Denov tumani maʼmuriy-hududiy chegarasini belgilash masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman komissiyasi tomonidan oʻrganib chiqilgan materiallarga asosan Denov tumani bilan chegaradosh boʻlgan Sariosiyo, Uzun, Shoʻrchi, Oltinsoy va Qumqoʻrgʻon tumanlari oʻrtasidagi chegara chizigʻini belgilash boʻyicha chegara chizigʻining tavsifi 1-ilovaga hamda tayyorlangan kartografik chizmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman maʼmuriy-hududiy chegarasi aks ettirilgan xaritadagi chegara chizigʻi hududida joylashgan yerdan foydalanuvchilarning egaligidagi, foydalanishdagi yer uchastkalaridagi topografik elementlarni (kanal, kollektor, zovur, ariq, yoʻl, va boshqa tabiiy hamda sunʼiy obyektlar) saqlab qolinishi boʻyicha Kadastr agentligining tuman boʻlimi boshligʻiga nazorat olib borilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq deputatlar Denov tumani Kengashining 2025-yil 16-yanvardagi “Denov tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash toʻgʻrisida” VII-4-5-8-111-K/25-son qarori bekor qilinsin va oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning tasdigʻi xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashidan soʻralsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning tasdigʻi xalq deputatlari viloyat Kengashidan soʻralsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi ABROROV ILXOM IBRAXIMOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Denau tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 11-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-11-86-8-111-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.