XALQ DEPUTATLARI AMUDARYO TUMANI KENGASHINING
Qarori
Amudaryo tumani mahalliy budjetiga kiritiladigan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 27, 148-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi hududlarda 2025-yilda “Tejamkorlik va barqarorlikni taʻminlash” tamoyili asosida budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi majlisining 6-sonli bayoniga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 24-moddasiga asosan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Amudaryo tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2025-yil 22-avgustdagi JJ/01-03-29/144-sonli xatiga koʻra tuman mahalliy budjeti hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan budjet tashkilotlarining 2025-yil davomida ish haqi va ish haqi ajratmalari toʻlovlariga 3 876.1 mln soʻm, shundan ish haqiga 3 107.1 mln soʻm, ish haqi ajratmasiga 769.0 mln soʻm yetishmasligi prognozi maʼlum boʻlganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Amudaryo tumani mahalliy budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan xarajatlarning budjet taqsimlovchilari kesimida oʻzgartiriladigan hamda maqbullashtiriladigan mablagʻlar, shuningdek, xarajatlar smetalariga kiritilgan oʻzgartirishlar miqdori 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (F.Yusupov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi XOJAMETOV SABIR JABBARBERGANOVICH
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumani,
2025-yil 10-sentabr,
VII-12-83-13-181-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.