10.09.2025 yildagi VII-12-102-8-211-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandixon tumandagi mavjud geografik obyekt (qabriston)ning nomini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha tuman komissiyasining 2025-yil 28-maydagi 15-01/80-son yigʻilish bayoni, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 3-iyuldagi 18-07/165-son yigʻilish bayoni hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2025-yil 21-iyuldagi “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida” 05-19-11960-son ekspertiza xulosasini koʻrib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha tuman komissiyasi raisi A.Allamuradovning tumandagi Geografik obyektlarning nomlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi doimiy komissiyaga bergan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha tuman komissiyasining 2025-yil 28-maydagi 15-01/80-son yigʻilish bayoni, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 3-iyuldagi 18-07/165-son yigʻilish bayoni hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2025-yil 21-iyuldagi “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida” № 05-19-11960-son ekspertiza xulosasi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2025-yil 21-iyuldagi “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida” №05-19-11960-son ekspertiza xulosasiga asosan tumandagi 1 ta geografik obyekt (qabriston)ning nomi Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi 303-son Qonuni talablariga muvofiq deb hisoblanganligi inobatga olinsin hamda ushbu geografik obyektning nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi (I.Beknazarov), Kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi Bandixon tumani filiali (M.Jamayev) birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomlanayotgan qabriston (geografik obyekt nomi)ning kartografiya va maʼlumotnoma nashrlarini tayyorlasinlar hamda chegaralarini aniqlab, 2025-yil sentabr oyining oxiriga qadar Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Bandixon tumani boʻlimi (H.Toʻrayev) va tuman Ichki ishlar boʻlimi (J.Toʻrayev) tegishli mahalla fuqarolar yigʻini raislari bilan birgalikda qabristonning nomi tasdiqlanganligi sababli tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarining tashkiliy ravishda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi yuzasidan taʼsirchan chora-tadbirlarni belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman Statistika boʻlimi(Oʻ.Raxmatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandixon tumani hududida nomlari tasdiqlangan, nomlangan koʻcha nomlarini inobatga olgan holda statistik maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi (I.Beknazarov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Bandixon tumani boʻlimi (H.Toʻrayev), tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (M.Qurbonmurotov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomlari tasdiqlangan geografik obyekеt(qabriston) nomi yozilgan koʻrsatkich, belgilar, peshlavhalarning bosqichma-bosqich oʻrnatilishini taʼminlasin, shuningdek, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilansinki, xarajatlar mahalliy budjet, homiylik hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, tasdiqlangan geografik obyekt nomi tuman hududida toʻgʻri va toʻliq yuritilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.Tuman hokimligi Axborot xizmati (Z.Pardayev)ga, “Yangi Bandixon” gazetasi tahririyati (A.Rajabov)ga nomi tasdiqlangan, nomlangan geografik obyekt toʻgʻrisida maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi S.Donayev:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda geografik obyektni nomlash va qayta nomlash boʻyicha mavjud 1 ta geografik obyekt(qabriston)ning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilganligini inobatga olib, ushbu 1 ta qabristonning roʻyxatini Xalq deputatlari tuman Kengashi qarori asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat reyestri elektron bazasiga kiritish maqsadida viloyat hududiy komissiyasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi ALLAMURADOV ABDUMALIK ABDUQODIROVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Bandixon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 10-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-12-102-8-211-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.