09.09.2025 yildagi VII-11-88-5-73-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI NAVBAHOR TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbahor tumanida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oliy Majlis Senatining 2019-yil 14-sentabrdagi “Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 2736-III/KQ-592-III-sonli Qoʻshma qarorini baʼzi bir hududlarda toʻliq ijroetilmasligi sababli, toʻy-hasham, marosim va unga doir turli oilaviy tadbirlar isrofgarchilik va dabdababozlik bilan oʻtkazilishi keng jamoatchilikni tashvishga solayotganligi, aholining taklif va murojaatlariga muvofiq, xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining 2025-yil 24-fevraldagi “Navoiy viloyatida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi VII-7-26-5-0-K/25-sonli qarori, OʻzMTDP va OʻzXDPning xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya guruhi tashabbus loyihasini inobatga olgan holda hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tumanda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni tartibga solish chora-tadbirlari borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlik guruhining axborotlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlari kabi tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish masalalari boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasining tuman boʻlimi, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi, oila va xotin-qizlar boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi va boshqa hududiy davlat hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda keng jamoatchilikning muvofiqlashtiruvchi “Jamoatchilik Kengashi” tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oliy Majlis Senatining 2019-yil 14-sentyabrdagi 2736-III/KQ-592-III-sonli Qoʻshma qarori Nizomi talablariga asosan, “Jamoatchilik Kengashi”ning maqsad va vazifalari quyidagi tartibda belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hududida oʻtkaziladigan toʻylar, maʼraka va marosimlar, oilaviy unga doir boshqa tadbirlarga jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda toʻy va marosim egalari bilan ixcham, isrofgarchiliksiz va belgilangan talablar asosida, oʻtkazish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng jamoatchilik vakillarini jalb qilgan holda, mazkur tadbirlarni tartibga solish hamda ixcham va milliy qadriyatlar, urf-odatlar va anʼanalar asosida oʻtkazish boʻyicha aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur tadbirlarni amalga oshirishda ijtimoiy tabaqalanishga yoʻl qoʻymasdan oʻtkazish boʻyicha jamoaviy suhbatlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur tadbirlarni oʻtkazishni rejalashtirgan oila vakillari bilan, ayniqsa, nikohning ilk davrlarida er-xotin va ularning ota-onalari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash borasida suhbatlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga mazkur tadbirlarni kamxarj qilib oʻtkazishni, ularda ortiqcha isrofgarchilikka berilish oila iqtisodiga va yosh oilaning mustahkamligiga salbiy taʼsir koʻrsatishini hayotiy misollar orqali keng tushuntirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turmush qurish arafasida turgan yoshlar bilan ijtimoiy-psixologik suhbatlar uyushtirishi, ularni oilaviy hayotga tayyorlashi, mazkur tadbirlarni ixcham va isrofgarchiliksiz oʻtkazish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borishi boʻyicha ishlarni amalga oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar faqat bir kun (dafn etish marosimi bundan mustasno) soat 06:00 va 23:00 oraligʻida oʻtkazish, Soat 23:00 dan keyin toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni davom ettirishga yoʻl qoʻyilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi qatnashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshaloq toʻylarda 250 nafargacha, u bilan bogʻliq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi qatnashishi mumkinligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikohni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, kelin-kuyovning toʻyxonaga kelishi va ketishi bilan bogʻliq oilaviy tadbirlarda 3 tadan koʻp boʻlgan yengil avtomashinadan yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa transport vositalaridan foydalanmaslik (toʻy egalarining shaxsiy avtomashinalaridan hamda homiylar yordamida jalb etilgan avtotransport vositalaridan foydalanilgan hollar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dafn etish va motam marosimlari koʻpi bilan uch kun mobaynida cheklanmagan miqdordagi fuqarolar ishtirokida oʻtkazilishi mumkin (osh berish marosimi bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kengashning ushbu qarori bilan aholini tanishtirish maqsadida tumandagi barcha MFYlari, aholi yashash va mehnat jamoalari joylariga hamda restoran, oshxona, kafe va toʻyxonalarda tadbirlarni oʻtkazish tartib taomillarini alohida eslatma tarzida tayyorlanib qoʻyilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik Kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar har chorakda keng muhokama qilib borilsin va bu haqida jamoatchilikka xabardor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman bosh imom-xatibiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda diniy mavzuda maʼruza koʻzda tutilgan boʻlsa, ushbu maʼruza diniy tashkilotining vakolatli vakili tomonidan oʻqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, xotiraga bagʻishlangan tadbirlarni ixcham oʻtkazish va tadbirlarni dabdabali oʻtkazish oʻrniga mablagʻni kam taʼminlangan fuqarolarni moddiy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirishni targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imom-xatiblar toʻylar va marosimlardagi maʼruzalarida aholini eʼtiborini yoshlar tarbiyasi, ota-onaning masʼuliyati, jamiyat hayotiga xavf solayotgan tahdidlarni oldini olish, tinchlik va mustaqillik neʼmatini asrash, shukronalik tuygʻusini shakllantirish kabi masalalarga qaratishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman hokimligi axborot xizmati (E.Bobonazarov), “Navbahor tongi” gazetasi tahririyati (U.Ochilov) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror eʼlon qilinishi va toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar va boshqa tadbirlarni tartibga solish masalalarini keng yoritish va targʻibot ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali namunali toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar haqida jamoatchilik fikrini shakllantirishi, ijtimoiy roliklar yaratishi, uslubiy qoʻllanmalar va targʻibot materiallarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda milliy qadriyatlarimizga yot boʻlgan “ommaviy madaniyat” unsurlari namoyon boʻlishining oldini olish maqsadida muntazam maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini olib borilishini tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror mazmun-mohiyatini oʻz hududlarida keng targʻib qilish hamda ijrosini taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish va taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosarlari (A.Tuxliyev, G.Ergasheva) va xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi OʻROQOV AZAMAT SHODIYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati, Navbahor tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 9-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-11-88-5-73-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.