XALQ DEPUTATLARI SIRDARYO VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Viloyatda “Issiqlik taʼminoti” MChJ tomonidan issiqlik energiyasi va issiq suv еtkazib berish xizmatlari uchun tariflar (narxlar)ni maʼqullash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6, 24-moddalariga, 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-son qonunining 13-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-son qaroriga, 2025-yil 31-iyuldagi Sirdaryo viloyati “Issiqlik taʼminoti” MChJning (bundan buyon matnda-MChJ deb yuritiladi) 19-sonli, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi viloyat hududiy boshqarmasining 2025-yil 1-iyuldagi 02-08/1082-sonli, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 31-iyuldagi 04/17/38-683-sonli xatlarini muhokama qilib, viloyatda issiqlik energiyasi va issiq suv taʼminoti xizmatlari tariflarini tartibga solish maqsadida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-son qonuni ijro uchun qabul qilinsin.
2. MChJning 2025-yil 31-iyuldagi 19-sonli, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi viloyat hududiy boshqarmasining 2025-yil 1-iyuldagi 02-08/1082-sonli va viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 31-iyuldagi 04/17/38-683-sonli xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. MChJ tomonidan ishlab chiqilgan hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan issiqlik energiyasi va issiq suv taʼminoti xizmatlari tariflarini tartibga solish yuzasidan taqdim etilgan xulosalar asosida 2024, 2025-yillar kuz-qish mavsumida isitish xizmatlari tarif narxlari ilovaga muvofiq maʼqullansin.
4. MChJ rahbari (A.Islomov) markaziy qozonxonalar oʻrnatilgan tuman va shaharlarda aniq manzilli va muddatli reja-grafik asosida aholi oʻrtasida issiqlik energiyasi va issiq suv taʼminoti uchun onlayn toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha turli shakldagi seminarlar tashkil etsin va natijasi yuzasidan joriy yilning yakuniga qadar Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashiga yozma axborot kiritsin.
5. Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi (Z.Darxonov), “Yangi Sirdaryo” va “Новая Сырдаря” gazetalari tahririyati (B.Boymurodov)ga sohada amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Viloyat hokimligi, MChJ rahbari A.Islomovga:
Oʻzbekiston Respublikasining “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunining 211-moddasiga muvofiq viloyatda isitish xizmatlari tarif narxlarini qonun hujjatlari asosida koʻrib chiqsin.
7. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Bobobekov zimmasiga yuklatilsin.
8. Ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi AXMEDJANOVA POKIZA SHAVKATOVNA
Sirdaryo viloyati,
2025-yil 8-sentabr,
VII-20-154-9-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.