08.09.2025 yildagi VII-12-92-12-173-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI URGANCH TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch tumanidagi ayrim geografik obyekt (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)larni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunining 10-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 3-iyundagi 05-19-8964-sonli yigʻilish bayoni va bayonnoma bilan tasdiqlangan ekspert xulosasini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6, 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 3-iyundagi 05-19-8964-sonli yigʻilish bayoni va bayonnoma bilan tasdiqlangan ekspert xulosasi va tuman hokimligining geografik obyekt (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)larni nomlash va qayta nomlash boʻyicha taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Urganch tumanidagi geografik obyektlar (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha) nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Urganch tumani Davlat soliq inspeksiyasi, tuman statistika boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi, iqtisodiyot va moliya boʻlimi, tuman ichki ishlar boʻlimi, Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi hamda boshqa tegishli mutasaddi tashkilotlarga quyidagilar topshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror bilan nomlari tasdiqlangan 323 ta koʻchani belgilangan tartibda ish yuritish hujjatlariga zarur oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish, shuningdek, boshqa tegishli tashkiliy-amaliy choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan fuqarolarni roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish jarayonlarida yangilangan koʻcha nomlarining toʻgʻri aks ettirilishiga alohida eʼtibor qaratilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining oʻrinbosari A.Xoʻjayev, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Urganch tumani boʻlimi S.Bekchanov hamda Obodonlashtirish boshqarmasi D.Yakubovga bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror ilovasiga muvofiq tasdiqlangan roʻyxat asosidagi koʻchalarga ularning yangi nomlari yozilgan metall koʻrsatkichlar, belgilar va peshlavhalarni belgilangan tartibda zamonaviy koʻrinishda, lotin yozuvida bosqichma-bosqich oʻrnatish va almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumotlarni belgilangan muddatda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasiga taqdim etish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman ichki ishlar boʻlimi J.Raxmetovga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning xorijga chiqish va kirish uchun hujjatlarini rasmiylashtirishda koʻchalarning qayta nomlanganligiga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiylashtiriladigan hujjatlarda geografik obyektlarning nomlari toʻgʻri aks ettirilishini doimiy nazoratga olish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi tomonidan geografik obyektlarga berilgan nomlar boʻyicha tegishli hujjatlar oʻn kun muddatda Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritish uchun Kadastr agentligiga taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror bilan bogʻliq hujjatlar geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasiga taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi R.Sabirov qaror ijrosini moliyalashtirish boʻyicha 3 kun muddatda tuman hokimligiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror “Urganch haqiqati” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi SULTANOV GAYRATJON POʻLATOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati, Urganch tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-12-92-12-173-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.