08.09.2025 yildagi VII-17-128-12-170-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bogʻot tumanidagi geografik obyekt (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)larni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasiga Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 3-maydagi 01-19-09/4215-sonli murojaatnomasi va unda qayd etilgan Xorazm viloyati Bogʻot tumanidagi 452 ta geografik obyekt (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)ni nomlash va qayta nomlash boʻyicha taklifi Ekspertiza komissiyasi tomonidan oʻrganib chiqilishi uchun taqdim qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijalariga koʻra, shuningdek, tegishli qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqib, Ekspert komissiyasi tomonidan tumandagi 452 ta geografik obyektga nom berish va ularni qayta nomlash boʻyicha taklifdan 359 ta geografik obyekt nomi Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi 303-sonli Qonun hujjatlari talablariga koʻra muvofiq, 93 ta geografik obyekt nomi nomuvofiq deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati togʻrisida”gi, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi, “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga asosan, tumandagi geografik obyektlar (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)ga nom berish va ularni qayta nomlash maqsadida xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashi Qаror qilаdi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil iyun oyidagi yigʻilish bayoni maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ekspert komissiyasi tomonidan muvofiq deb topilgan tumandagi 359 ta geografik obyekt (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha) nomlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ekspert komissiyasi nomuvofiq deb topgan 93 ta geografik obyekt nomi tuman komissiyasi tomonidan qayta oʻrganilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekspert komissiyasi xulosasiga asosan tumandagi 77 ta geografik obyekt (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)ning amaldagi nomlari oʻzgartirilib qayta nomlanishi munosabati bilan shu geografik obyekt (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)ni nomlash boʻyicha xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashi tomonidan qabul qilingan tegishli qarorlarining 77 ta geografik obyekt (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)ga oid qismi 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining Bogʻot tumani filiali (E.Eshniyazov), Ichki ishlar boʻlimi (E.Аxmedov), tuman hokimligi tizimidagi boshqarma, boʻlim, tashkilot va muassasalarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- koʻchalarga nom berilishi munosabati bilan tegishli ishlarni amalga oshirish yuzasidan bir oylik muddatda belgilangan tartibda zarur choralar koʻrish hamda hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman qurilish va uy-joy komunal xoʻjaligi boʻlimi(R.Jumaniyozov), tumandagi fuqarolar yigʻinlari bilan birgalikda tasdiqlangan yagona zamonaviy milliy dizayn asosida bir oy muddatda geografik obyektlar nomlari qayd qilingan peshlavhalarni oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, geografik obyektlar nomlari qayd qilingan peshlavhalarni oʻrnatish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar qonunda belgilangan tartibda mahalliy byudjet mablagʻlari va homiylar hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror rasmiy manbalarda eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb saytiga joylashtirilsin hamda rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha maslahatchisi U.Otajonova hamda xalq deputatlari tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi (S.Nurmetov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi NAZAROV JAHONGIR BAXRAMOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati, Bogʻot tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-17-128-12-170-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.