XALQ DEPUTATLARI GULISTON TUMANI KENGASHINING
QARORI
Guliston tumani hududidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ijrosi yuzasidan hamda tuman hokimining 2025-yil 12-iyundagi 107-9-124-F/25-son farmoyishiga asosan, Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarining yakuniga koʻra tumandagi shaharcha va qishloqlarning umumiy perimetri 345481 metr umumiy maydoni 34479,23 gektar ekanligi aniqlandi
Jumladan:
1. Dehqonobod shaharchasi umumiy perimetri 15516 metr, umumiy maydoni 562,10 gektar;
2. Beshbuloq qishlogʻi umumiy perimetri 36802 metr, umumiy maydoni 3330,04 gektar;
3. Dehqonobod qishlogʻi umumiy perimetri 41261 metr, umumiy maydoni 2003,48 gektar;
4. Humo qishlogʻi umumiy perimetri 30781 metr, umumiy maydoni 4172,45 gektar;
5. Nurobod qishlogʻi umumiy perimetri 39009 metr, umumiy maydoni 3287,68 gektar;
6. Oltin Oʻrda qishlogʻi umumiy perimetri 29370 metr, umumiy maydoni 3639,02 gektar;
7. Oltintepa qishlogʻi umumiy perimetri 25307 metr, umumiy maydoni 2884,32 gektar;
8. Sohilobod qishlogʻi umumiy perimetri 24622 metr, umumiy maydoni 1799,57 gektar;
9. Soyibobod qishlogʻi umumiy perimetri 28833 metr, umumiy maydoni 3557,52 gektar;
10. Zarbdor qishlogʻi umumiy perimetri 29933 metr, umumiy maydoni 4074,53 gektar;
11. Chortoq qishlogʻi umumiy perimetri 44047 metr, umumiy maydoni 5168,52 gektar;
Guliston tumani maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilashda shaharcha va qishloqlar chegaralari ajratib koʻrsatilgan holda tavsiflandi. Chegaralar chizigʻining yozuvli matni tavsifida joyning tegishli topografik elementlari bilan bogʻlanib, chegara nuqtalari oʻrtasidagi masofasi va chegara chizigʻining qutb yoʻnalishlari aks ettirildi. Chegara chizigʻining burilish nuqtalari koordinatalari koʻrsatildi.
Guliston tumani hududidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Guliston tumani filiali bosh muhandisining axborotini tinglab, taqdim etilgan maʼlumotlar fikr va mulohazalarini hamda taklif va tavsiyalarini atroflicha oʻrganib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Davlat kadastrlari palatasining Guliston tumani filiali bosh muhandisi X.Kenjayevning “Guliston tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash toʻgʻrisida”gi axboroti hamda Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Guliston tumanidagi shaharcha va qishloqlarning chegaralarini belgilash boʻyicha bajarilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish yuzasidan tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruh tarkibining 2025-yilning 14-avgustidagi 1/02-287-sonli yigʻilish bayoni maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Guliston tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlari yakuniy natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot 1-ilovaga hamda maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash boʻyicha kartografik chizmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2025-yil 23-iyul VII-17-131-9-0-K/25-sonli qaroriga asosan Guliston tumani Zarbdor qishlogʻidan qisman 527,2 gektar yer uchastkasini Guliston shahri tarkibiga oʻtkazilishi Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Senatining qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilishi inobatga olinsin.
4. Tuman hokimligi Axborot xizmati (S.Erkinov)ga mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytida yoritilishini taʼminlasin.
5. Ushbu qarorning tasdigʻi Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashidan soʻralsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari va tuman hokimining barcha oʻrinbosarlari zimmalariga yuklatilsin.
Sessiya raisi SHERANOV RAVSHAN TURSUNOVICH
Sirdaryo viloyati, Guliston sh.,
2025-yil 5-sentabr,
VII-15-143-9-124-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.