02.09.2025 yildagi VII-10-78-11-164-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Furqat tumanida Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019-yil 14-sentabrdagi “Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2736-III/KQ-592-III-son Qoʻshma qarori ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Furqat tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019-yil 14-sentabrdagi “Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2736-III/KQ-592-III-son Qoʻshma qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishni tartibga solish toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida toʻylar, oilaviy tantanalar maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolariga barcha marosimlarni tasdiqlangan mazkur qaror hamda amaldagi qonunchilik asosida milliy qadriyatlarga mos, ixcham va kamxarj oʻtkazishga erishish uchun barcha choralarni koʼrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Furqat tuman hokimining barcha oʻrinbosarlari Furqat tuman hududida oʻtkaziladigan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar va boshqa tadbirlarning oʻtish holati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, mahalla yettiligi, faol nuroniylar, hoji ota va hoji onalar, toʻy va marosimlarni ixcham, isrofgarchiliksiz va belgilangan talablar asosida oʻtkazish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish, va ijrosini taʼminlash uchun maʼsul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, zamon talabidan kelib chiqib toʻylar, oilaviy tantanalar marosimlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi qatnashishi, qoʻshaloq toʻylarda 250 nafargacha, u bilan bogʻliq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi qatnashishi kerakligi, dafn etish va motam marosimlari koʻpi bilan uch kun mobaynida cheklanmagan miqdordagi fuqarolar ishtirokida oʻtkazilishi mumkinligi, toʻy oʻtkazuvchi shaxslar toʻydan kamida bir hafta oldin yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini xabardor qilishi, kelin- kuyovning toʻyxonaga kelishi va ketishi bilan bogʻliq oilaviy tadbirlarda 3-tadan koʻp boʻlgan yengil avtomashinadan yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa transport vositalaridan foydalanmaslik bu borada shuhratparastlik, dabdababozlik va isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, milliy anʼanalarga yot, odob-axloq qoidalariga zid boʻlgan turli shoularni, ortiqcha vaqt va xarajat talab qiladigan toʻylar, oilaviy tantanalardan oldingi, tadbir davomidagi va undan keyingi qoʻshimcha rasm-rusumlarni (“kuyov navkari”, “kelin navkari”, “chorlar”, “ota koʻrdi”, “sep yoydi”, “quda chaqirdi”, “kuyov chaqirdi”, “kelin chaqirdi”, “togʻora yuborish” va hokazolarni) oʻtkazishga yoʻl qoʻymaslik belgilanganligi aholiga yetkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman boshimom xatibi (R.Nuraliyev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻylar, oilaviy tantanlar, maraka va marosimlar davomida muqaddas dinimiz talablariga zid boʻlgan turli odat va rasm-rusumlar oʻtkazilishining oldini olish boʻyicha qoʻshimcha choralarini koʼrsin, bu borada tuman hududlarida faoliyat koʼrsatayotgan imom xatiblar masʼuliyatini yanada kuchaytirsin. Shariy nikohlar, voyaga yetmagan qizlarni turmushga berish, yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikoh qilish man etilganligi boʻyicha tuman bosh imom xatibi har bir mahallada-masjidlarda, juma nomozlarida targʻibot maʼruza qilib borish, voyaga yetmaganlarga nikoh oʻqish mumkinmasligi aks holda qonunda belgilangan jazo borligi haqida ogohlantirish berib borish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimi oʻrinbosari (A. Aʼzamov) hamda tuman bosh imom xatibi (R.Nuraliyev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Furqat tumani hududidagi imom xatib, rasmiy norasmiy mullalar, mahallaga biriktirilgan uch nafar faol nuroniylar, MFY yettiligi bilan birgalikda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar davomida muqaddas dinimiz talablariga zid boʻlgan turli odat va rasm-rusumlar oʻtkazilishining oldini olish, xususan dafn etish marosimlari bilan bogʻliq ortiqcha tadbirlarni (“yetti”, “payshanbalik”, “Jumalik” “qirq”, “yil oshi”, “pul tarqatish”, “mato ulashish”, inson hayotligida ehson “dafn marosimini” va hokazolarni) oʻtkazish, bu borada shuhratparastlik, dabdababozlik va isrofgarchilikka qatʼiy yoʻl qoʻymaslik yuzasidan ishlarni olib borish hamda tegishli choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.Hokim oʻrinbosari (A. Aʼzamov) va nuroniylar jamgʻarmasi tuman boʻlimi (R.Meliqoʼziyev)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy anʼanalarga yot, odob-axloq qoidalariga zid boʻlgan turli shoularni, ortiqcha vaqt va xarajat talab qiladigan toʻylar, oilaviy tantanalardan oldingi, tadbir davomidagi va undan keyingi qoʻshimcha rasm-rusumlarni (“kuyov navkari”, “kelin navkari”, “chorlar”, “ota koʻrdi”, “sep yoydi”, “quda chaqirdi”, “kuyov chaqirdi”, “kelin chaqirdi”, “togʻora yuborish” va hokazolarni) oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaslik, Shuningdek shaʼriy nikohlar, voyaga etmagan qizlarni turmushga berish, yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohni man etish yuzasidan tegishli ishlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman hokimi oʻrinbosari (A. Aʼzamov), tuman bosh imom xatibi (R.Nuraliyev), Respublika Manaviyat va marifat markazi tuman boʼlinmasi rahbari (A.Ergashev)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Furqat tumaning mahallalarida “ehsonni faqat ziyofat koʻrinishida emas, oʻsha ziyofatga ketadigan mablagʻni muhtoj oilalarga, obodonlashtirish ishlariga, yoshlarga ilm-maʼrifat tarqatish maskanlariga sarf qilsa nur ustiga aʼlo nur boʻlishi, marhumlar dafnidan keyin odat tusiga aylangan “7, 20, 40, yil” hayit kunlaridagi fotihaxonlik kabi marosimlarning sharʼiy emasligi, balki bidʼat ishlardan ekanligi, kishi vafot etgandan soʻng taʼziya 3 kun ekanligi, katta xarajatlar evaziga amalga oshiriladigan xudoyi, maʼrakalar oʻrniga marhumlar ruhini shod etish uchun muhtoj oilalarga yoki obodonchilik ishlariga moddiy yordam koʻrsatish afzaligini yuzasidan targʻibot ishlarni olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman hokimining oʻrinbosari (A. Aʼzamov), Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi boshligʻi (A.Ermatov)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla fuqarolar yigʻining yettiligi bilan birgalikda, “Tumandagi mahallalarda toʻylar, oilaviy tantanalar, dafn va maʼraka marosimlarini oʻtkazilishini tartibga solish yuzasidan” tegishli qaror ijrosini bajarmagan maʼraka marosimlarini ortiqcha isrofgarchilik holatda oʻtkazuvchi xonadon egalariga qonunda belgilangan javobgarlik choralarini koʻrsin hamda maʼraka marosimlarni ortiqcha isrofgarchilik holatda oʻtkazishga yoʻl qoʻygan mahalla fuqarolar yigʻini maʼsullariga belgilangan tartibda jazo choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tumandagi barcha mahalla fuqarolar yigʻini raislari va mahalla yettiligiga ushbu qarorning mazmun-mohiyatini aholi va mehnat jamoasi oʻrtasida keng targʻib qilish va ijrosini taʼminlash uchun maʼsul ekanligi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman IIB, Tuman YHXB bilan birgalikda toʻylar, oilaviy tantanlar, maraka va marosimlar oʻtkazilishida jamoat tartibi va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda fuqarolar xavfsizligiga jiddiy xavf solishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarni oldini olish choralarini doimiy ravishda koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Furqat tuman hokimligi axborot xizmatiga toʻylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlarni oʻtkazish tartibiga rioya etilishi holati, urf-odatlarimiz va anʼanalarimizning haqiqiy mohiyati hamda ahamiyatini keng xalq ommasiga muntazam yetkazib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlarshtirish boʻyicha tuman komissiyasi toʻylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar oʻtkazilishining doimiy monitoringini amalga oshirib borsin va uninig natijalariga koʼra tegishli takliflarni tuman Kengashiga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorni ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining barcha doimiy komissiyalariga, ijrosini taʼminlash tuman hokimining barcha oʼrinbosarlari zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi raisi ASRONKULOV ELYORBEK MADAMINOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Furqat tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 2-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-10-78-11-164-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.