XALQ DEPUTATLARI QOROVULBOZOR TUMANI KENGASHINING
QARORI
Qorovulbozor tumani mahalliy byudjetining ijrosi jarayonida maqbullashtirilgan xarajatlar hisobiga boʻshab qolgan mablagʻlarni qoʻshimcha manbalari sifatida yoʻnaltirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 126-moddasiga asosan mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlariga asosan yoʻnaltiriladi.
Shunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 119-moddasiga asosan tuman mahalliy byudjetining 2025 yil ijrosi jarayonida maqbullashtirilgan xarajatlar hisobiga boʻshab qolgan mablagʻlarni qoʻshimcha manba sifatida yoʻnaltirish boʻyicha tuman hokimligidan takliflar xalq deputatlari tuman Kengashiga kiritilgan.
Oʻz navbatida, ushbu takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-5-V-sonli qaroriga asosan jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari (“regulation.gov.uz”) portaliga joylashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 27 va 119, 126-moddalari hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʼrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Qorovulbozor tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari - tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Gʻ.Niyozovning takliflariga asosan Qorovulbozor tumani mahalliy byudjeti ijrosi jarayonida xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga boʻshab qolgan mablagʻlarni tuman mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari sifatida shakllanganligi munosabati bilan ushbu mablagʻlar hisobidan tumanda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatdagi tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish uchun ilovaga muvofiq yoʻnaltirishga rozilik berilsin.
2. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda tuman Gʼaznachilik xizmati:
amaldagi budjet qonunchiligi talablari asosida maqbullashtirilgan xarajatlar hisobiga boʻshab qolgan mablagʻlarni tuman mahalliy budjetining 2025-yil qoʻshimcha manbalari sifatidayoʻnaltirish yuzasidan tegishli oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda kiritish;
ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi yuzasidan tizimli monitoring yuritish, iqtisod qilingan mablagʻlarni tuman budjetiga qaytarish boʻyicha takliflarning kiritilishini taʼminlash topshirilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining moliya-iqtisod va kambagʼallikni qisqartirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari - tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʼi Gʻ.Niyozovga hamda ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investisiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha doimiy komissiyasi (Sh.Suvonov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi HAMROYEV OʻTKIR SHOMAHMADOVICH
Buxoro viloyati, Qoravulbozor tumani,
2025-yil 2-sentabr,
VII-16-98-2-38-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.