29.08.2025 yildagi VII-14-109-7-104-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI TOYLOQ TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil II chorak yakuni bilan Toyloq tumani mahalliy budjeti daromadlar va xarajatlar miqdorining umumiy mutanosibligini saqlagan holda budjet mablagʻlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga binoan va Oʻzbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 148-moddasiga hamda Toyloq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Sharipovning 2025-yil 11-iyuldagi 01/01/984-sonli xatiga asosan, xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining yettinchi chaqiriq, oʻn toʻrtinchi sessiyasi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 148-moddasiga asosan tuman mahalliy budjetining ijrosini sifatli yakunlash va bu borada budjet tashkilotlarida kreditor qarzdorliklar vujudga kelishini oldini olish maqsadida 2025-yil II chorak yakuni bilan tuman mahalliy budjetining ijrosi yuzasidan budjet tasnifining boʻlim, kichik boʻlim, boblari hamda choraklar boʻyicha daromadlar va xarajatlar miqdorining umumiy mutanosibligini saqlagan holda tuman mahalliy budjetlari oʻrtasida bir budjet mablagʻlari oluvchisi uchun budjet mablagʻlarining tegishli ravishda koʻpaytirilishi hamda rejadagi mablagʻlarni bir xarajat turidan ikkinchi xarajat turiga oʻtkazilishi yoʻli bilan tuman mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlariga ilovaga muvofiq kiritilgan oʻzgartirishlar maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (R.Qahorov) va tegishli budjet tashkilotlari rahbarlarining budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanishini qatʼiy nazorat qilish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (F.Sidikov) hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (A.Sharipov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi MOʻMINOVA NASIBA ABDUXALIMOVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati, Toyloq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-14-109-7-104-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.