XALQ DEPUTATLARI MIRZAOBOD TUMANI KENGASHINING
QARORI
Mirzaobod tumani hududidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq hamda Mirzaobod tumani hokimining 2025-yil 12-iyundagi 125-9-125-F/25-sonli farmoyishiga asosan tuzilgan tuman komissiyasining 2025-yil 27-iyuldagi 01-TYB-/280-son yigʻilish bayoniga asosan Respublika aerogeodeziya markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi mutaxassislari tomonidan Mirzaobod tumani hududidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarining yakuniy natijalariga koʻra tumanning jami maydoni 67228 gektarni, tumanning jami perimetri 465447 metr ekanligi aniqlandi.
Shundan: shaharcha va qishloqlar kesimida,
Navroʻz shaharchasining jami maydoni 752 gektarni, perimetri 22515 metr ekanligi;
Oqoltin shaharchasining jami maydoni 310 gektarni, perimetri 13972 metr ekanligi;
Navbahor qishlogʻining jami maydoni 7086 gektarni, perimetri 34697 metr ekanligi;
Bahoriston qishlogʻining jami maydoni 7748 gektarni, perimetri 35542 metr ekanligi;
Yoʻldoshobod qishlogʻining jami maydoni 6792 gektarni, perimetri 47372 metr ekanligi;
Nurafshon qishlogʻining jami maydoni 4520 gektarni, perimetri 30727 metr ekanligi;
Mehnatobod qishlogʻining jami maydoni 6612 gektarni, perimetri 41530 metr ekanligi;
Birlashgan qishlogʻining jami maydoni 6337 gektarni, perimetri 45044 metr ekanligi;
Oqoltin qishlogʻining jami maydoni 2824 gektarni, perimetri 29241 metr ekanligi;
Mirzachoʻl qishlogʻining jami maydoni 18918 gektarni, perimetri 98592 metr ekanligi;
Toshkent qishlogʻining jami maydoni 5329 gektarni, perimetri 66215 metr ekanligi;
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi haqida”gi 2020-yil 28-avgustdagi OʻRQ-635-sonli Qonunining 10-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq ham Mirzaobod tumani hokimining 2025-yil 12-iyundagi 125-9-125-F/25-sonli farmoyishiga asosan tuzilgan tuman komissiyasining 2025-yil 27-iyuldagi 01-TYB-/280-son yigʻilish bayoniga hamda “Mahaliy davlat hokimiyat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6, 24-moddalariga asosan, Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq ham Mirzaobod tumani hokimining 2025-yil 12-iyundagi 125-9-125-F/25-sonli farmoyishiga asosan tuzilgan tuman komissiyasining 2025-yil 27-iyuldagi 01-TYB-/280-son yigʻilish bayoni tasdiqlansin.
2. Mirzaobod tumani hududidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarining yakuniy natijalari shaharcha va qishloqlarning chegaralari perimetri va maydonlari haqidagi maʼlumot 1-ilovaga hamda tuman hududidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralari kartografik chizmasi (sxema) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashining qarori mahalliy gazeta ham hokimlikning internetdagi veb-saytida joriy qilinsin.
4. Ushbu qarorni tasdiqlash Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashidan soʻralsin.
5. Qarorning bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi, ekologiya va qurilish, kommunal soha masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi (I.Norkuziyev) hamda tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari (Z.Abduvoxidov)ga yuklatilsin.
Kengash raisi UMAROV ABDURAXIM ABDULXAMIDOVICH
Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani,
2025-yil 29-avgust,
VII-15-105-9-125-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.