XALQ DEPUTATLARI QORAKOʼL TUMANI KENGASHINING
QARORI
Qorakoʻl tumani boʻyicha 2024-yil 1-oktabrdan 2025-yil 31-martga qadar novegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinida suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Qorakoʻl tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi”ning 2024-yil 23-sentabrdagi “Qorakoʼl tumani boʻyicha 2024-yil 1-oktabrdan 2025-yil 31-martga qadar novegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi DKQ 03-05/3-24 –sonli qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qorakoʼl tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori A.Otaqulovning 2024 yil 18 sentabrdagi Qorakoʼl tumani boʻyicha 2024-yil 1-oktabrdan 2025-yil 31-martga qadar novegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qorakoʼl tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori A.Otaqulovga:
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
- belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
- oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
- sugʻorish tarmoqlari va ulardagi agrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
- suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
-isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga oʻz vaqtida taqdim etib borish;
-suv isteʼmolchilarining buyurtmasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
-amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga har chorak yakuni bilan hisobotlarni taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qaror huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun tuman adliya boʻlimiga kiritilsin.
5.Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi I.Bozorqulov hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari T.Boboqulov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi TOHIROV XURSHID YAHYOYEVICH
Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani,
2025-yil 29-avgust,
VII-14-107-2-37-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.