XALQ DEPUTATLARI QORAKOʼL TUMANI KENGASHINING
QARORI
Qorakoʻl tuman mahalliy budjetining 2025-yil ijrosidan kelib chiqib, budjet tashkilotlarining soʻrovlarini inobatga olib hamda kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlarni oʻz vaqtida amalga oshirish va budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida budjet tashkilotlarining xarajatlari rejasiga oʻzgartirishlarni kiritish toʻgʻrisida
Qorakoʻl tuman mahalliy budjetining xarajatlari rejasiga tegishli oʻzgartirishlar hamda yuqori budjetdan maqsadli tadbirlar uchun qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlar toʻliq hisobga olinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 143 va 147-moddalariga asosan tuman mahalliy budjetining ijrosini taʼminlash, budjetda koʻzda tutilgan xarajatlarni belgilangan tartibda va oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida tuman mahalliy budjetining 2025-yil xarajatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish zarurati tugʻilmoqda.
Shu sababli kelgusida tuman mahalliy budjetining parametrlariga ichki kiritiladigan oʻzgarishlar ID 106562-son bilan jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan yuqorida bayon etilganlarga, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asoslanib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Qorakoʻl tuman mahalliy budjetining 2025-yil budjet parametrlariga ichki kiritiladigan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimining maʻlumoti inobatga olinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 147-148-moddalariga asosan tuman mahalliy budjetining ijrosini taʼminlash, budjetda koʻzda tutilgan xarajatlarni belgilangan tartibda va oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida Qorakoʻl tuman mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining 2025-yil boʻyicha xarajatlari rejasiga kiritiladigan tegishli oʻzgartirishlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qaror huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun tuman adliya boʻlimiga kiritilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi R.Xoʻjamurodov zimmasiga yuklatilsin.
5. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi TOHIROV XURSHID YAHYOYEVICH
Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani,
2025-yil 29-avgust,
VII-14-108-2-37-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.