XALQ DEPUTATLARI QORAKOʼL TUMANI KENGASHINING
QARORI
Qorakoʻl tuman mahalliy budjetining 2025-yil 1-chorak ijrosidan kelib chiqib, daromadlari va xarajatlari rejasiga oʻzgartirishlarni kiritish toʻgʻrisida
Qorakoʻl tuman mahalliy budjetining daromadlari va xarajatlari rejasiga tegishli oʻzgartirishlar hamda yuqori budjetdan maqsadli tadbirlar uchun qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlar toʻliq hisobga olinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 143 va 147-moddalariga asosan tuman mahalliy budjetining ijrosini taʼminlash, budjetda koʻzda tutilgan xarajatlarni belgilangan tartibda va oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida tuman mahalliy budjetining 2025-yil 1-chorak xarajatlariga hamda daromadlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan yuqorida bayon etilganlarga, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asoslanib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Qorakoʻl tuman mahalliy budjetining 2025-yil 1-chorak yakunlariga koʻra budjet parametrlariga kiritilgan oʻzgatirishlar toʻgʻrisidagi tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimining maʼlumoti qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 147-148-moddalariga asosan tuman mahalliy budjetining ijrosini taʼminlash, budjetda koʻzda tutilgan xarajatlarni belgilangan tartibda va oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida Qorakoʻl tuman mahalliy budjetining 2025-yil 1-chorak yakunlari boʻyicha xarajatlari (xarajatlarga kiritilgan oʻzgartirishlar 2025-yilning 29-aprel kuni holatiga olingan) hamda daromad rejasining prognoz koʻrsatkichlari doirasida kiritilgan tegishli oʻzgartirishlar 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 148-moddasiga asosan 2025-yil tasdiqlangan budjet parametrlariga favqulotda hamda kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlarni amalga oshirish zarurati tugʻilganda, budjet tashkilotlarining soʻroviga asosan, budjet tashkilotlarini saqlash bilan bogʻliq va boshqa zaruriy va kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlarni amalga oshirish uchun budjet parametrlariga oʻzgartirish kiritish tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi tomonidan amalga oshirilishi inobatga olinsin hamda amalga oshirilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi chorak yakuni bilan tuman xalq deputatlari Kengashiga hisobot kiritib borsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi R.Xoʻjamurodov zimmasiga yuklatilsin.
5. Mazkur qaror huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun tuman adliya boʻlimiga kiritilsin.
6. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi TOHIROV XURSHID YAHYOYEVICH
Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani,
2025-yil 29-avgust,
VII-14-109-2-37-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.