28.08.2025 yildagi 234-11-156-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FARGʻONA VILOYATI QUVA TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 478-son qarori hamda Viloyat hokimining 2025-yil 12-avgust kungi qaror ijrosini taʼminlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlariga tutash hududlardan mavsumiy foydalanishni tashkil etishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 478-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlariga tutash hududlardan mavsumiy foydalanishni tashkil etishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 478-son qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-oktyabrdan boshlab umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari uchun oʻziga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash boʻlgan, davlat organlari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yer uchastkalaridan (sogʻliqni saqlash, taʼlim va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tegishli yer uchastkalari bundan mustasno) mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatini (keyingi oʻrinlarda - tijorat faoliyati) amalga oshirish uchun haq evaziga ijara huquqi asosida foydalanish tizimi amaliyotga joriy etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlardan tijorat maqsadlarida mavsumiy foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 478-son qarori ilovasiga muvofiq tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror bilan oʻrnatilayotgan tartibga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab, har yili 1-yanvarga qadar tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, kadastr, soliq idoralari takliflari asosida, tuman (shahar) hokimlarining qarori bilan kelgusi yil uchun tuman (shahar) hududidagi aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yer uchastkalarida tijorat faoliyati obyektlarini joylashtirish sxemasi tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2026-yil 1-fevralga qadar viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan reja-grafikka asosan quyidagi organlar tomonidan oʻz hisobidan (yoki mazkur qarorga asosan qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi organlariga tushadigan mablagʻlar hisobidan keyinchalik toʻlab berish sharti bilan) tijorat faoliyati obyektlarini koʻcha va binolarga mos arxitektura qiyofasida hamda aholi uchun qulay va xavfsiz qilib loyihalashtirishga doir yagona talab va tavsiyalar (“dizayn-kod”) ishlab chiqilib, tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan - viloyatlar boʻysunuvidagi shaharlar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan - boshqa aholi punktlari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) koʻchalar nomi koʻrsatilgan holda tijorat faoliyati obyektlarini joylashtirish sxemasi hamda “dizayn-kod”lari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi organlarining rasmiy veb-sahifalariga joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tadbirkorlarning murojaatlariga muvofiq tijorat faoliyati obyektlarini joylashtirish sxemalariga tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ijara shartnomalari doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkasini tadbirkorlik subyektiga tijorat faoliyatini amalga oshirish uchun haq evaziga ijara huquqida foydalanishga beruvchi davlat organlari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — ijaraga beruvchi) hamda oʻziga tutash hududda tijorat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan tadbirkorlik subyekti (keyingi oʻrinlarda — ijaraga oluvchi) oʻrtasida Soliq qoʻmitasining ijara shartnomalarini hisobga olish elektron tizimi orqali rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ye) tijorat faoliyatini amalga oshirish moʻljallangan yer uchastkasi ajratilmagan hamda tuman (shahar) hokimligi zaxirasida boʻlsa, ushbu yer uchastkasi unda joylashgan obyektlarni (maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, daraxtzorlar, bogʻlar, sayilgohlar, xiyobonlar va boshqalar) viloyatlar hokimliklari qarori asosida davlat organlari va tashkilotlariga jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ijara shartnomasiga asosan ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga tegishli hududga tutash boʻlgan yoki undan 5 metrdan koʻp boʻlmagan masofadagi boʻsh maydonlarni tijorat faoliyatini amalga oshirish uchun auksion savdolarisiz toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga beradi. Bunda ijaraga beriladigan maydonning yon chegaralari umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish obyekti binosining yoki unga ajratilgan yer uchastkasining boshlanish va tugash nuqtasidan binodan (yer uchastkasidan) chiqish yoʻnalishidagi toʻgʻri chiziq boʻyicha aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) qoida tariqasida, ijara shartnomasi bir kalendar yil uchun (kelgusi yillarda mazkur qarorda belgilangan tartibda uzaytirish huquqi bilan) tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) tijorat faoliyati uchun ijara huquqi asosida foydalanishga berilgan yer uchastkalarining har bir kvadrat metri uchun shartnoma muddatidan qatʼi nazar, yer soligʻi stavkasining uch baravarigacha miqdorida ijara toʻlovi toʻlanadi, bunda asos qilib olinadigan yer soligʻi summasi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlari qoʻllangan va soliq imtiyozlari qoʻllanmagan holda hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) ijara toʻlovi har yilgi yer soligʻini toʻlash uchun belgilangan muddatlarda Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi, tushgan toʻlovlar quyidagicha taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35 foizi — ijaraga beruvchining bank hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — hududiy soliq boshqarmasining bankhisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining bank hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining bank hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — tuman (shahar) mahalliy byudjetiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror bilan quydagilar belgilanganligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu qarorga asosan yer uchastkalarini tijorat faoliyati uchun ijaraga berish yer uchastkalarini ajratish (realizatsiya qilish) hisoblanmaydi, yer uchastkasida bino va inshootlarni qurish yoki koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish huquqini bermaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ijaraga berilgan yer uchastkasidan boshqa maqsadlarda foydalanish zarurati yuzaga kelganda, ijaraga beruvchi ijara shartnomasini bir tomonlama bekor qilishga haqli, bunda ijaraga oluvchi bu toʻgʻrisida yozma ravishda ogohlantirilgan kundan boshlab oʻn besh kun muddatda yer uchastkasini boʻshatishi va uning ustidagi har qanday obyektini koʻchirishi (buzib olishi) lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ijaraga oluvchi ushbu bandning “b” kichik bandida belgilangan muddatda obyektini koʻchirish (buzish) choralarini koʻrmagan taqdirda, obyektni buzish ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi, bunda obyektni buzish bilan bogʻliq xarajatlar ijaraga oluvchidan sud orqali regress tartibida undiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ijara shartnomasi taraflari shartnomaning amal qilish muddati tugash sanasiga qadar uni bekor qilish yuzasidan sabablar mavjud boʻlmagan taqdirda, shartnomaning amal qilish muddatini keyingi bir yillik muddatga Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq uzaytirish huquqiga ega hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ijaraga oluvchi tomonidan ijara toʻlovi oʻz vaqtida toʻlanmagan, shartnoma majburiyatlari qoʻpol ravishda buzilgan holatlarda ijaraga beruvchi ijara shartnomasini belgilangan tartibda bekor qilish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ye) mavjud va yangi barpo etiladigan gastronomik va turizm koʻchalarida mulk egalariga tegishli bino va inshootlarga tutash hududlardan hamda umumiy foydalanishdagi yer uchastkalaridan tijorat maqsadlarida foydalanish tartibi xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun bozor tamoyillari asosida narx belgilash va yillik ijara haqini har oyda teng ulushlarda toʻlab borish talabini nazarda tutish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning namunali saqlanishini taʼminlash maqsadida ijara toʻlovlarining taqsimotini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gastronomik va turizm koʻchalarida mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish hamda sanitariya jihatdan tozalash ishlarini (supurish, suv sepish, chang va qordan tozalash va boshqalar) tashkil etish uchun ekspluatatsiya toʻlovlarini belgilash hamda zarur hollarda uni ijara toʻlovlariga qoʻshgan holda undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gastronomik va turizm koʻchalarida har xil turdagi koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish uchun bir martalik toʻlov miqdorini va ularni oʻtkazish tartibini belgilash inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har chorak yakuni bilan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 64-moddasiga muvofiq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlarini, shu jumladan, tijorat faoliyati uchun ijaraga berish mumkin boʻlgan hududlarni saqlovchi tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish boʻyicha ishlar holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ijaraga beruvchilarga yer uchastkalarini oʻzlariga jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish boʻyicha xarajatlarni mazkur qarorga asosan tushgan mablagʻlar va boshqa manbalar hisobidan bir yil ichida boʻlib toʻlashga ruxsat berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy ovqatlanish tashkilotlari mavsumiy kafelarining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2025-yil 1-oktyabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari J.Zakirov, Soliq bo`limi (Axunov), Kadastr agentligi hududiy bo`limi (Qurbonov), Qurilish va uy- joy kommunal xoʻjaligi bo`limi (Nizomidinov), hamda Ichki ishlar bo`limi (Raxmonov) bilan birgalikda oʻziga tegishli boʻlmagan yer uchastkasida norasmiy tarzda tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (joylashgan joyi, faoliyat turi, egallangan yer maydoni) quyidagi bosqichlarda xatlovdan oʻtkazsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich — barcha tuman (shahar)lardagi markaziy koʻchalarda 2025-yil 1-sentyabrga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich — qolgan koʻchalarda 2025-yil 1-oktyabrga qadar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligi hududiy bo`limi (Qurbonov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bo`limi (Nizomidinov) manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab xatlov natijasida aniqlangan obyektlarning mazkur qarorda belgilangan tartibda qonuniy faoliyat yuritishi yoki hududning boʻshatilishini taʼminlab borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda joylashtirish sxemasiga muvofiq boʻlgan tijorat faoliyati obyektlari “dizayn-kod”ga asosan loyihalar tasdiqlangunga qadar ushbu bandga koʻra faoliyati qonuniylashtirilib, ijara shartnomasi tuzilgan obyektlarda tadbirkorlar tomonidan har qanday qoʻshimcha qurilishlar, maydon, fasad va mavjud yengil konstruksiyalarning konstruktiv elementlarini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, shunday ishlar amalga oshirilgan taqdirda, tutash maydonda joylashgan obyektlar belgilangan tartibda buziladi hamda yangi shartnoma tuzilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining oʻrinbosarlari J.Zakirov va M.Akbarov, Kadastr agentligi hududiy bo`limi (Qurbonov), Soliq bo`limi (Axunov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bo`limi (Nizomidinov), bilan birgalikda har chorak yakuni bilan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 64-moddasiga muvofiq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlarini, shu jumladan, tijorat faoliyati uchun ijaraga berish mumkin boʻlgan hududlarni saqlovchi tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish boʻyicha ishlar holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ijaraga oluvchining zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi: vaqtinchalik obyektlarni (qurilmalarni) tegishli hudud uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan “dizayn-kod”ga muvofiq oʻrnatish (moslashtirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli yer uchastkasida kapital qurilmalar (bino va inshootlar) qurmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari muhofaza zonalariga qoʻyilgan talablarga qatʼiy rioya etish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga zarar yetkazmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilgan yer uchastkasi aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari tarkibiga kirishini inobatga olib, ushbu yerlardan birinchi navbatda asosiy foydalanish maqsadiga koʻra zarur sharoit yaratish, shu jumladan, piyodalar yoʻlaklarida harakatlanish uchun noqulayliklar yaratmaslik, shuningdek, tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari erkin harakatlanishi va boshqa obyektlar faoliyatiga toʻsqinlik qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishlicha chakana savdo qoidalari va umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish hamda sotish qoidalarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimining oʻrinbosari M.Akbarov, Kadastr agentligi hududiy bo`limi (Qurbonov) manfaatdor boshqarma va tashkilotlar bilan birgalikda tutash hududlardagi yer uchastkalarida obyektlar qurilishi (oʻrnatilishi) jarayonida qonunchilikka muvofiq yer, kadastr va qurilish nazoratini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib tuman hokimining oʻrinbosarlari J.Zakirov va M.Akbarov etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi X. UMAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Quva tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234-11-156-Q/25-son