XALQ DEPUTATLARI TOʻRTKOʻL TUMANI KENGASHINING
QARORI
Xalq deputatlari Toʻrtkoʻl tumani Kengashining 2024-yil 30-sentabrdagi VI-88-151-13-190-K/24-sonli “Toʻrtkoʻl tumani boʻyicha 2024-2025-yillar kuz-qish davri uchun suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”dagi qarorining ilovalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 8-yanvardagi “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-457-sonli Qonunning 59-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 20-maydagi 01/23-128-sonli yigʻilish bayoniga muvofiq Toʻrtkoʻl tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori M.Ibadullayevning 2025-yil 22-iyuldagi 01/06-63-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Toʻrtkoʻl tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 20-maydagi 01/23-128-sonli yigʻilish bayoniga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 29-maydagi 129-sonli buyrugʼiga asosan Toʻrtkoʻl tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori M.Ibadullayevning 2025-yil 2-avgustdagi 01/06-63-sonli xati inobatga olinsin.
2. Xalq deputatlari Toʻrtkoʻl tuman Kengashining 2024-yil 30-sentabrdagi VI-88-151-13-190-K/24-sonli “Toʻrtkoʻl tumani boʻyicha 2024-2025-yillar kuz-qish davri uchun suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining 1,2,3-ilovalariga ushbu qaror ilovasiga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
3. Mazkur qaror ijrosini nazorati qilish xalq deputatlari Toʻrtkoʻl tumani Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Sh.Kilichov) zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi XUDAYBERGENOV ILXOMBOY TILAVBAYEVICH
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani,
2025-yil 27-avgust,
VII-13-91-13-190-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.