27.08.2025 yildagi 240-11-169-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FARGʻONA VILOYATI FARGʻONA SHAHAR HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona shahridagi avtomobil yoʻllarida 2.5 “Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlanadi” va 3.27 “Toʻxtash taqiqlanadi” yoʻl belgilarini oʻrnatishga haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-aprel kungi “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 172-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida DXX ChQ 9114-sonli xarbiy qismning 2025-yil 21-iyuldagi murojaatida I.Karimov nomidagi kichik xalqa yoʻlida (Temir yoʻl koʻchasi) avtomobillarni harbiy qisimga kirish va chiqishda harakat xavfsizligini taʼminlash hamda avtomobillarni harbiy qism atrof hududida uzoq vaqt toʻxtab turish holatlarini oldini olish masalasini hal etish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona shahrida avtotransport vositalarining harakatini tartibga solish boʻyicha Fargʻona shahar Ichki ishlar boshqarmasining 2024-yil 28-iyuldagi 33/1132-son xatini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 211-moddalariga asosan, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fargʻona shahar Ichki ishlar boshqarmasining 2024-yil 28-iyuldagi 33/1132-son xulosasi hamda DXX ChQ 9114-sonli xarbiy qismning 2025-yil 21-iyuldagi murojaat xati inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fargʻona shahrida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, transport vositalari harakatini tartibga solish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona shahar M.Karimov nomidagi kichik xalqa yoʻli va Al-Fargʻoniy koʻchasi kesishgan chorraxadan oʻnga harakatlanishdagi chorraxaning ikkinchi darajali oʻnga burilishga 2.5 “Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlanadi” va 3.27 “Toʻxtash taqiqlanadi” yoʻl belgilari belgilangan tartibda oʻrnatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fargʻona shahar Ichki ishlar boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (R.Dehqonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda mazkur qarorda belgilangan koʻchalarda yoʻl belgisi oʻrnatilishini tashkil etsin hamda mazkur hududlarda avtomobillar harakati cheklanishini nazorat qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fargʻona shahar hokimligi Axborot xizmati ushbu qarorni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash Fargʻona shahar hokimining oʻrinbosari J.Baxtiyorov hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi A.Ashurov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona shahar hokimi V. NAZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Fargʻona sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240-11-169-Q/25-son