XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Viloyatda tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmalari, shuningdek, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Reklama toʻgʻrisida”gi 2022-yil 7-iyundagi OʻRQ-776-son Qonuning 26-moddasi talablari va Vazirlar Makamasining 2018-yil 30-avgustdagi “Tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 702-son, 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 104-son, 2023-yil 31-avgustdagi “Tashqi reklama va ijtimoiy ahborotning aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 428-son qarorlari hamda viloyat hokimligining 2025-yil 27-iyundagi 10-2655-sonli xatini hamda Raqobatni rivojlantirish va istemolchilar huquqini himoya qilish boshqarmasi boshligʻi F.Soloxitdinovning xisobotini muhokama qilib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6 va 24-moddalariga asosan, Хalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Reklama toʻgʻrisida”gi 2022-yil 7-iyundagi OʻRQ-776-son qonuni, 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 104-son, 2023-yil 31-avgustdagi “Tashqi reklama va ijtimoiy ahborotning aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 428-son rahbarlik va ijro uchun, Raqobatni rivojlantirish va istemolchilar huquqini himoya qilish boshqarmasi boshligʻi F.Soloxitdinovning xisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Makamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 104-sonli qarorining 93-bandiga muvofiq viloyatda tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmalari, shuningdek, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar oʻrnatish chizmalari ilovaga muvofiq maqullansin.
3. Viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi F.Soloxitdinovga:
Oʻzbekiston Respublikasining “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunining “211-moddasiga muvofiq, mazkur chizmalarini qonun hujjatlari asosida koʻrib chiqsin.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Viloyat hokimligi matbuot xizmati (I.Raxmatov), “Namanganskaya pravda” va “Namangan xaqiqati” gazetalari tahririyati bosh muharriri (O.Inamov va X.Payziyev) gazetalarida eʼlon qilinsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb saytiga joylashtirilsin.
6. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Z.Baxriddinovga, nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi MUMINOV SOLIJON DJALILOVICH
Namangan viloyati,
2025-yil 26-avgust,
VII-13-117-6-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.