XALQ DEPUTATLARI BESHARIQ TUMANI KENGASHINING
QARORI
Tumandagi ayrim Mahalla fuqarolar yigʻinlarida joylashgan nomsiz koʻchalarga nom berish va takroriy nomdagi koʻchalarning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yildagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-303-sonli Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash sohasidagi davlat siyosatini yanada takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan, Xalq deputatlari Beshariq tuman Kengashi qaror qiladi:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 26-iyundagi 03/08-6985-sonli “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasi asos uchun qabul qilinsin.
2.Tumandagi ayrim nomi takrorlangan koʻchalarga qayta nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish boʻyicha “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha tuman komissiyasi” kiritgan takliflari qabul qilinsin.
3.Tumanda nomlari oʻzgaradigan mavjud koʻchalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlash uchun qabul qilinsin.
4.Tuman Statistika boʻlimi (F.Komilov), Kadastr agentligi Fargʻona viloyat boshqarmasi, Beshariq tuman boʻlimi (M.Madaminov), tuman Qurilish boʻimi (J.Kamolov) hamda tegishli mutasaddi davlat tashkilotlari amaldagi tartibda nom berilgan koʻchalar hamda nomlari oʻzgartirilgan koʻchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazasini shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsin.
5.Tuman Ichki ishlar boʻlimi (R.Maxsudov) nom berilgan va nomlari oʻzgartirilgan joylarda aholining fuqarolik pasportlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish, oʻzgartirilgan mahalla fuqarolar yigʻini muhri va tamgʻasini oʻzgartirish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilasin.
6.Mahalla fuqarolar yigʻini raislariga Yoʻl qurilish boʻlimi va Obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda hududlaridagi nom berilgan hamda nomlari oʻzgartirilgan koʻchalar boʻyicha berilgan takliflar Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangandan soʻng ularning nomlari qayd etilgan metall koʻrsatkichlar oʻrnatish vazifasi topshirilsin.
7.Belgilansinki, geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni moliyalashtirish mahalliy budjet mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
8.Mazkur qaror Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangandan soʻng tuman “Beshariq tongi” gazetasida eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
9.Mazkur qaror koʻrib chiqish va amaldagi tartibda munosabat bildirish uchun Xalq deputatlari viloyat Kengashiga yuborilsin.
Kengash raisi JURAYEV RASULJON KARIMOVICH
Fargʻona viloyati, Beshariq tumani,
2025-yil 25-avgust,
VII-13-78-11-153-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.