JIZZAX VILOYATI ZAFAROBOD TUMANI HOKIMINING
QARORI
4R197 “Paxtakor-Uchqoʻrgʻon-Zafarobod sh.-Gagarin sh.” avtomobil yoʻlining 0-5,6 kilometrini va 7,9-8,2 kilometrida joylashgan 9 p.m uzunlikdagi koʻprikni taʼmirlash ishlari boshlanganligi munosabati bilan mazkur yoʻlni vaqtincha yopish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va axoli turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisidagi PQ-146-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 4R197 “Paxtakor-Chimqoʻrgʻon-Zafarobod sh.-Gagarish sh.” avtomobil yoʻlining 0-5,6 kilometrida yoʻlni va 7,9-8,2 kilometirida joylashgan 9 p.m uzunlikdagi koʻprikni taʼmirlash ishlari boshlanganligi munosabati bilan mazkur yoʻlni vaqtincha yopish “Oʻzyoʻlkoʻprik klasteri” ning Jizzax filiali muassasasi direktorining 2025-yil 10-apreldagi 91-sonli xatini inobatga olib Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6, 10 va 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. “Oʻzyoʻlkoʻprik klasteri” ning Jizzax filiali muassasasi direktorining 2025-yil 10-apreldagi 91-sonli xati inobatga olinsin.
2. Tuman IIB va “Oʻzyoʻlkoʻprik klasteri”ning Jizzax filiali davlat muassasasiga ushbu 4R197 “Paxtakor-Chimqoʻrgʻon-Zafarobod sh.-Gagarish sh.” avtomobil yoʻlining 0-5,6 kilometrida avtomabil yoʻlni va 7,9-8,2 kilometirida 9 p.m uzunlikdagi koʻprikni taʼmirlash ishlari boshlanganligi munosabati bilan transport qatnovi va xavfsizligini taʼminlash uchun aylanma yoʻl sxemasi tuman IIB YHXB bilan kelishilsin.
3. Tuman IIB va “Oʻzyoʻlkoʻprik klasteri”ning Jizzax filiali davlat muassasasiga ushbu yoʻl va koʻprik atrofiga maxsus yoʻl belgilari va temir-beton toʻsiqlarni oʻrnatish vazifasi yuklatilsin.
4. Tuman adliya boʻlimining 2025-yil 15-may kungi 36-sonli taqdimnomasiga asosan tuman hokimining 2025-yil 15-apreldagi 27-3-50-F/25 sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari J.Sattarov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi Gʻ. ESHPULATOV
Jizzax viloyati, Zafarobod tumani,
2025-yil 25-avgust,
140-3-50-Q/25-son