XALQ DEPUTATLARI CHINOZ TUMANI KENGASHINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq Chinoz tumanidagi mavjud geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-303-sonli qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 12-martdagi 05-19-3859-sonli, 20-maydagi 05-19-7996-sonli “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida”gi Ekspert xulosalari hamda Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 12-martdagi, 2025-yil 20-maydagi yigʻilish bayonlari shuningdek, “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” boʻyicha Toshkent viloyati komissiyasining 2025-yil 14-martdagi 1/12-4-1440-sonli, 2025-yil 28-iyundagi 1/12-4-3623-sonli yigʻilish bayonlarini, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyalarining 2025-yil 18-avgustdagi 03-01-03-02-DKQB/8-25-sonli qoʻshma majlis bayoni, doimiy komissiyalarning 03-01-03-02-DKQQ/7-25-sonli qoʻshma qarori va xulosasini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Chinoz tumani komissiyasi kotibi J.Saidovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 12-martdagi 05-19-3859-sonli, 20-maydagi 05-19-7996-sonli “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida”gi Ekspert xulosalari hamda Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 12-martdagi, 2025-yil 20-maydagi yigʻilish bayonlari shuningdek, “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” boʻyicha Toshkent viloyati komissiyasining 2025-yil 14-martdagi 1/12-4-1440-sonli, 2025-yil 28-iyundagi 1/12-4-3623-sonli yigʻilish bayonlariga hamda avvalgi yillarda respublika ekspert komissiyasining xulosalariga asosan tasdiqlangan koʻcha nomlarining yagona roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining oʻrinbosari T.Tajibayev, tuman IIB (O.Ganibekov), tuman Adliya boʻlimi (S.Djamalov), Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Chinoz tumani boʻlimi (Sh.Mamajonov),Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali (A.Qodirov), tuman qurilish boʻlimi (A.Ismatullayev), tuman Statistika boʻlimi (A.Axmatov), tuman Yoʻllardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi (M.Abdullayev) 1 oy muddatda ushbu qarorga muvofiq oʻz ish yurituv hujjatlarini va tizimlarini muvofiqlashtirsin.
4. Tuman hokimligi (T.Tajibayev), Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali (A.Qodirov) tegishli davlat tashkiloti organlari mazkur qaror bilan tasdiqlangan koʻcha nomlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda fuqarolarning uy-joy kadastr hujjatlarining manzillarini bepul oʻzgartirib berilishini taʼminlasin.
5. Tuman Yoʻllardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi (M.Abdullayev), tuman obodonlashtirish boshqarmasi (F.Xidirov) 1 oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan koʻcha nomlarini oʻz tasarrufida boʻlgan yoʻllardagi axborot beruvchi yoʻl belgilarni, koʻcha nomlari peshlavhalarni oʻzgartirilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qaror matbuotda rasman eʼlon qilinsinva “Chinoz hayoti” gazetasi hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi (J.Saidov) zimmasiga, qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Turdiboyev hamda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi S.Axmedova zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi SALIXOV SHERZOD ABDUXAKIMOVICH
Toshkent viloyati, Chinoz tumani,
2025-yil 23-avgust,
VII-16-72-10-144-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.