XALQ DEPUTATLARI BALIQCHI TUMANI KENGASHINING
QARORI
Baliqchi tumanida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi hududlar, manbalar va suv isteʼmolchilari boʻyicha suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvaridagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qarorlari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, yirik suv xoʻjalik obyektlarining suv olish va suv yetkazib berish rejalari, suv manbalari iqtisodiyot tarmoqlari maʼmuriy hududlar boʻyicha umumlashtirilgan.
Ushbu qaror loyihasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 24-moddasiga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida (regulation.gov.uz) jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qaror talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Tumanda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi hududlar, manbalar va suv isteʼmolchilari boʻyicha suv olish limitlarini tasdiqlash yuzasidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A. Yusupovning bergan axboroti maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Baliqchi tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A.Yusupov tomonidan tuman boʻyicha 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va 1-2-3-4-5-6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari(L. Joʻrayev)ga: fermer xoʻjaliklari yer maydonlariga suvlarni ortiqcha isrofgarchiliklarga yoʻl qoʻymagan holda olishlarini uchun ichki ariqlarini begona oʻtlar va chiqindilardan tozalash;
4. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori (A. Yusupov) mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, quyidagilarga:
tumanda faoliyat koʻrsatayotgan qishloq xoʻjaligiga moslashtirilgan fermer xoʻjaliklarining gʻalla va paxta yer maydonlari kesimida belgilangan limitlarga asosan suv yetkazib berilishini nazoratga olish:
fermer xoʻjaliklari tomonidan limitlarga asosan ajratilgan suvdan unumli foydalanish hamda qarovsiz holda qoldirilishi va suvni ortiqcha isrofgarchiligiga yoʻl qoʻymasligi;
amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan har chorakda xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot kiritib borsin.
5. Mazkur qarorning ijrosi tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (L. Joʻrayev)ga yuklatilsin.
6. Qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi” (F. Gʻaniyev) zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi ABDURAYIMOV JASURBEK ODILOVICH
Andijon viloyati, Baliqchi tumani,
2025-yil 20-avgust,
VII-7-79-1-18-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.