XALQ DEPUTATLARI ANDIJON VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Andijon viloyati maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash va yer resurslarini xatlovdan oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi viloyat komissiyasining xulosasini koʻrib chiqish va maʼqullash haqida
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 21-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 41-sonli bayoni 20-bandi ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir tomonidan 2023-yil 15-dekabrdagi 03/4.3-253-sonli “Yoʻl xaritasi” tasdiqlangan.
Mazkur “Yoʻl xaritasi” 11-bandida Andijon, Namangan, Fargʻona, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari tuman va shaharlari chegaralarini belgilash boʻyicha hujjatlarni tegishli hokimliklarga taqdim etish va chegaralarini tasdiqlash choralarini koʻrish belgilangan.
Shunga koʻra, dastlab Andijon viloyatining 16 ta tuman va shaharlari komissiyalari tomonidan chegara chizigʻini belgilash, oʻzgartirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar koʻrib chiqilib, qoʻshni tuman (shahar) lar bilan kelishilgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-hududiy tuzilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasida Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari oʻz vakolatlari doirasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalariga doir qarorlar qabul qilishi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalariga doir qarorlar qabul qilish tartibi ularning reglamentlarida belgilanishi koʻrsatib oʻtilgan.
Shunga koʻra, ushbu kelishilgan chegara chizigʻini tasdiqlash boʻyicha xalq deputatlari tuman va shaharlar Kengashlarining tegishli qarorlari qabul qilinib, chegara chizigʻining tavsiflari va xaritalar tasdiqlangan.
Xususan, Xalq deputatlari Asaka tuman Kengashining 2024-yil 24-dekabrdagi VI-2-012-1-17-K/24-sonli, Buloqboshi tuman Kengashining 2024-yil 25-dekabrdagi VI-3-014-1-20-K/24-sonli, Qoʻrgʻontepa tuman Kengashining 2024-yil 8-oktyabrdagi VI-71-79-1-23-K/24-sonli, Andijon tuman Kengashining 2025-yil 11-martdagi VI-4-42-1-16-K/25-sonli, Baliqchi tuman Kengashining 2024-yil 26-sentyabrdagi VI-49-87-1-18-K/24-sonli, Boʻston tuman Kengashining 2024-yil 17-sentyabrdagi VI-67-92-1-19-K/24-sonli, Jalaquduq tuman Kengashining 2025-yil 4-martdagi VI-5-31-1-21-K/25-sonli, Izboskan tuman Kengashining 2024-yil 29-avgustdagi VI-54-80-1-22-K/24-sonli, Marhamat tuman Kengashining 2025-yil 25-yanvardagi VI-4-12-1-24-K/25-sonli, Oltinkoʻl tuman Kengashining 2025-yil 1-apreldagi VI-4-35-1-15-K/25-sonli, Paxtaobod tuman Kengashining 2024-yil 24-avgustdagi VI-57-73-1-25-K/24-sonli, Ulugʻnor tuman Kengashining 2024-yil 15-avgustdagi VI-60-93-1-26-K/24-sonli, Shahrixon tuman Kengashining 2024-yil 12-sentyabrdagi VI-44-67-1-28-K/24-sonli, Xoʻjaobod tuman Kengashining 2025-yil 29-yanvardagi VI-3-5-1-27-K/25-sonli, Andijon shahar Kengashining 2025-yil 1-martdagi VI-4-28-1-29-K/25-sonli, Xonobod shahar Kengashining 2025-yil 8-yanvardagi VII-2-1-1-30-K/25-sonli, qarorlari.
Xalq deputatlari tuman va shaharlar Kengashlari raislari — tuman va shaharlar hokimlari tomonidan tegishli hududlarni maʼmuriy-hududiy chegarasini belgilash loyiha ishlarini xalq deputatlari viloyat Kengashida koʻrib chiqilishi, Kengashning tegishli qarori qabul qilinishi yuzasidan iltimosnomalar kiritilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 299-sonli qarori 4-bandida “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlari yakunlangandan soʻng bir oy muddatda zaruratga koʻra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash yoki ularga oʻzgartirish kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga hamda tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashlariga takliflar kiritilishini taʼminlashi koʻrsatib oʻtilgan.
Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasida viloyat yoki tuman boʻysunuvidagi shaharlarning, viloyatlar tumanlarining, Toshkent shahri tumanlarining va viloyat boʻysunuvidagi shaharlar tumanlarining chegaralarini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshirilishi, bunda tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadigan hujjatlar qatoriga “tegishli viloyat yoki Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining shahar yoki tumanning chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish haqidagi qarori” ham kirishi belgilangan.
Shunga koʻra, chegara chizigʻini belgilash, oʻzgartirish yaʼni joylarda (natura holida) nuqtalarni, chegara chiziqlarini belgilash hamda xaritalarini yaratish ishlari Andijon viloyati tuman va shaharlarining maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash va yer resurslarini xatlovdan oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi viloyat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — viloyat komissiyasi) tomonidan koʻrib chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida amalga oshirilgan deb topilgan hamda tegishli xulosa tasdiqlangan hamda koʻrib chiqish uchun Xalq deputatlari viloyat Kengashiga kiritilgan.
“Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy-hududiy tuzilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir tomonidan tasdiqlangan 2023-yil 15-dekabrdagi 03/4.3-253-sonli “Yoʻl xaritasi” ijrosini taʼminlash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 21-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 41-sonli bayoni hamda mazkur bayon ijrosi yuzasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir tomonidan tasdiqlangan 2023-yil 15-dekabrdagi 03/4.3-253-sonli “Yoʻl xaritasi” ijro uchun qabul qilinsin.
2. Andijon viloyati maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash va yer resurslarini xatlovdan oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi viloyat komissiyasining xulosasi maʼqullansin.
3. Xalq deputatlari tuman va shaharlar Kengashlari raislari — tuman va shaharlar hokimlari tomonidan tegishli hududlarni maʼmuriy-hududiy chegarasini belgilash loyiha ishlarini Xalq deputatlari viloyat Kengashida koʻrib chiqilishi, kengashning tegishli qarori qabul qilinishi yuzasidan kiritilgan iltimosnomalari inobatga olinsin.
4. Tumanlar va shaharlar maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash boʻyicha bajarilgan ishlarni yakuniy natijalari tumanlar va shaharlarda tuzilgan tegishli komissiyalari tomonidan koʻrib chiqilib, komissiyalarning tegishli yigʻilish bayonlari bilan tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Shunga koʻra, Xalq deputatlari Asaka tuman Kengashining 2024-yil 24-dekabrdagi VI-2-012-1-17-K/24-sonli, Buloqboshi tuman Kengashining 2024-yil 25-dekabrdagi VI-3-014-1-20-K/24-sonli, Qoʻrgʻontepa tuman Kengashining 2024-yil 8-oktyabrdagi VI-71-79-1-23-K/24-sonli, Andijon tuman Kengashining 2025-yil 11-martdagi VI-4-42-1-16-K/25-sonli, Baliqchi tuman Kengashining 2024-yil 26-sentyabrdagi VI-49-87-1-18-K/24-sonli, Boʻston tuman Kengashining 2024-yil 17-sentyabrdagi VI-67-92-1-19-K/24-sonli, Jalaquduq tuman Kengashining 2025-yil 4-martdagi VI-5-31-1-21-K/25-sonli, Izboskan tuman Kengashining 2024-yil 29-avgustdagi VI-54-80-1-22-K/24-sonli, Marhamat tuman Kengashining 2025-yil 25-yanvardagi VI-4-12-1-24-K/25-sonli, Oltinkoʻl tuman Kengashining 2025-yil 1-apreldagi VI-4-35-1-15-K/25-sonli, Paxtaobod tuman Kengashining 2024-yil 24-avgustdagi VI-57-73-1-25-K/24-sonli, Ulugʻnor tuman Kengashining 2024-yil 15-avgustdagi VI-60-93-1-26-K/24-sonli, Shahrixon tuman Kengashining 2024-yil 12-sentyabrdagi VI-44-67-1-28-K/24-sonli, Xoʻjaobod tuman Kengashining 2025-yil 29-yanvardagi VI-3-5-1-27-K/25-sonli, Andijon shahar Kengashining 2025-yil 1-martdagi VI-4-28-1-29-K/25-sonli, Xonobod shahar Kengashining 2025-yil 8-yanvardagi VII-2-1-1-30-K/25-sonli, qarorlari yangi tahrirda qabul qilinganligi inobatga olinsin va maʼqullansin.
6. Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi (F. Berdiqulov), Davlat Kadastrlar palatasining viloyat boshqarmasi (D. Akbarov), Respublika aerogeodeziya markazi Fargʻona hududlararo boʻlinmasi (D. Temirov) hamda tuman va shaharlar hokimlariga tuman va shaharlar chegara chizigʻini belgilash, oʻzgartirish yaʼni joylarda (natura holida) nuqtalarni, chegara chiziqlarini belgilash hamda xaritalarini yaratish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida amalga oshirilganligi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
7. Viloyat hokimining oʻrinbosarlari (D. Karimov) bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonuni 25-moddasi talablaridan kelib chiqib, Andijon viloyatining 16 ta tuman va shaharlari chegara chizigʻini belgilash, oʻzgartirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻrnatilgan tartibda iltimosnoma kiritsin.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etiladi:
chegaralarni oʻzgartirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
Xalq deputatlari viloyat Kengashining chegaralarni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish haqidagi qarori;
viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
chegaralari oʻzgarishi munosabati bilan chegaralari oʻzgartirilayotgan maʼmuriy-hududiy chegaralarining kartografik chizmasi hamda shahar yoki tuman chegaralari chizigʻining tavsifi;
chegaralarini oʻzgartirish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
8. Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2020-yil 23-noyabrdagi 66/15-6-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur Kengash qarori ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi (X. Omanov) hamda viloyat hokimining oʻrinbosari D. Karimov zimmasiga yuklansin.
10. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi AXUNOV UKTAMJON XXX
Andijon viloyati,
2025-yil 19-avgust,
VII-12-203-1-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.