QASHQADARYO VILOYATI KOSON TUMANI HOKIMINING
QARORI
Koson tumani mahalliy budjetining 2026-yil uchun budjet soʻrovi va 2027-2028-yillar uchun budjet moʻljallarini tuzish va uni viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga taqdim etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 90-94-moddalariga muvofiq, Qashqadaryo viloyat hokimining 2025-yil 8-avgustdagi “Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetining 2026-yil uchun budjet soʻrovi va 2027-2028-yillar uchun budjet moʻljallarini tuzish va uni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish chora-tadbirlari haqida”gi 388-4-0-Q/25-sonli qaroriga asosan Koson tumani mahalliy budjetining 2026-yil uchun budjet soʻrovi va 2027-2028-yillar uchun budjet moʻljallarini tuzish va uni viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga taqdim etilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Qashqadaryo viloyati hokimining 2025-yil 8-avgustdagi “Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetining 2026-yil uchun budjet soʻrovi va 2027-2028-yillar uchun budjet moʻljallarini tuzish va uni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish chora-tadbirlari haqida”gi 388-4-0-Q/25-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Koson tumani mahalliy budjetining 2026-yil uchun budjet soʻrovi va 2027-2028-yillar uchun budjet moʻljallarini tuzish va uni viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga taqdim etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda – Ishchi guruhi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 902-moddasiga muvofiq, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining xati bilan Shahrisabz tumani mahalliy budjetining 2026-2028-yillardagi daromadlari, xarajatlari va transfertlarining cheklangan miqdori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (A. Artikov): belgilangan muddatlarda tuman mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga — kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini yetkazilishini taʼminlasin.
5. Tuman mahalliy budjetidan mablagʻ oluvchi budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda tegishli Davlat dasturlarida koʻzda tutilgan chora-tadbirlari ijrosini 2026-yil uchun budjet soʻrovi va 2027-2028-yillar budjet moʻljallarini tuzish davomida hisobga olishni;
2026-yil uchun budjet soʻrovi va 2027-2028-yillar uchun budjet moʻljallarini belgilangan muddatlarda tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimiga taqdim etilishini taʼminlasin.
6. Ishchi guruhi rahbari (H. Nazarov):
tuman mahalliy budjetining 2026-yil uchun budjet soʻrovi va 2027-2028-yillar uchun budjet moʻljallarini tuzishda:
xarajatlar boʻyicha — tuman budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari taqsimlovchilarning budjet soʻrovlari hamda tuman budjetidan moliyalashtiriladigan ayrim tadbirlar uchun xarajatlarning prognoz qilinayotgan hajmi asosida ishlab chiqilishini;
tuman mahalliy budjeti loyihasini taqchillik bilan ishlab chiqishga yoʻl qoʻyilmasligini nazarda tutsin.
7. Tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi (A. Yusupov):
2026-yil uchun tuman budjet daromadlari prognozini ishlab chiqishda:
Davlat budjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda soliq organlari va hokimlik boʻlinmalari tomonidan maʼmuriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida soliq turlari kesimida ishlab chiqib, tuman hokimligiga taqdim etilishini taʼminlasin.
8. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (A. Artikov) Koson tuman mahalliy budjetining kelgusi moliya yili uchun budjet soʻrovlari loyihalarini belgilangan muddatlarda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga taqdim etilishini taʼminlasin.
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari H. Nazarov zimmasiga yuklatilsin.
Koson tuman hokimi A. BOYKARAEV
Qashqadaryo viloyati, Koson tumani,
2025-yil 19-avgust,
232-4-60-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.