18.08.2025 yildagi 160-3-49-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JIZZAX VILOYATI ZARBDOR TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-190-sonli qarori ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-190-sonli qarori talablari asosida avtomobil yoʻllarida piyodalar bilan, shuningdek, oʻlim bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarining sodir etilishining oldini olish yuzasidan bir qator tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan hamon yoʻllarda turli toifadagi yoʻl-transporti hodisalar sodir etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanimiz hududida va markazidagi koʻchalarda avtomototransport vositalari harakati koʻpligi, ularning tezligi keskin oshib ketayotganligi, zarur joylarda yoʻl belgilarining oʻrnatilmaganliklari oqibatida koʻplab YTH lar sodir boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda tumanimizda transport vositalarining soni kun sayin ortib borishi hamda zamon talablari asosida qurilayotgan va taʼmirlanayotgan avtomobil yoʻllari, tumandagi mavjud koʻcha-yoʻl tarmoqlarida yoʻl harakatini boshqarish tizimlarining samarali ishlashini taʼminlash, yoʻl harakatini tartibga soluvchi zamonaviy texnik vositalarini joriy etishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-190-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2025-yil 13-avgustdagi 2-07/52-sonli, Zarbdor tuman yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi direktori S.Mamayusupovning 2025-yil 20-iyundagi 76-sonli xatlari hamda tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi E.Axmedovning 2025-yil 16-iyundagi 38/1188-sonli taqdimnomasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zarbdor tumani Sharq yulduzi MFY hududidan oʻtuvchi davlat ahamiyatidagi D 058 “M39 avtomobil yoʻli (977 km.dan) Oqar agroxizmat markazi - D 042 avtomobil yoʻli (4 km.ga chiqish)” avtomobil yoʻlining 19 km.da joylashgan 31-umumtaʼlim maktabi oldiga sunʼiy yoʻl notekisligi oʻrnatilishiga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Zarbdor tuman yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi (S. Mamayusupov)ga tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (B. Saparov) bilan birgalikda Zarbdor tumani Sharq yulduzi MFY hududidan oʻtuvchi davlat ahamiyatidagi D 058 “M39 avtomobil yoʻli (977 km.dan) Oqar agroxizmat markazi — D 042 avtomobil yoʻli (4 km.ga chiqish)” avtomobil yoʻlining 19 km.da joylashgan 31-umumtaʼlim maktabi oldiga belgilangan tartibda sunʼiy yoʻl notekisligini oʻrnatish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A. Erjigitov hamda tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi (E. Axmedov)lar zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi TASHPULATOV B. T
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Zarbdor tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 18-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160-3-49-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjat bilan PDF shaklida tanishish mumkin.