18.08.2025 yildagi VII-12-77-10-139-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QIBRAY TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida” gi Qonuniga muvofiq tumandagi koʻchalarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gеоgrаfik obyektlarni nоmlаsh va qayta nomlash masalalari boʻyicha Qibray tumаni komissiyasining 2025-yil 14-yanvardagi yigʻilish bayoniga asosan Qibray tumanidagi аyrim geografik obyektlаrning nоmlari Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdаgi “Geografik obyektlаrning nоmlаri tоʻgʻrisida”gi 303-sonli Qonunning 4-bandiga muvofiq geografik obyektlarga nоm berilayotganligini inobatga olib, Toshkent viloyati komissiyasi tomonidan yuborilgаn 2025-yil 20-iyundagi 49-sonli yigʻilish bayoniga asosan Geografik obyektlarni nоmlаsh va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflаrning qоnun hujjatlаrigа muvofiqligi haqida ekspert xulosasiga asosan Qibrаy tumаni komissiyasining 2025-yil 19-maydagi yigʻilish bаyоniga ilova qilingаn obyektlаr Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi tomonidan ekspertizа xulosasi bеrilgаn 1 320 ta geografik obyektlar (koʻcha, tоr koʻcha, bеrk koʻcha)ning nоmi qonun hujjаtlаri tаlаblаrigа muvofiqligi haqida ekspertiza xulosasi olinganligini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan, Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 17-iyundagi № 05-19-9853-sonli yigʻilish bayoni qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qibray tumani mahallasidagi koʻchalarni turiga oʻzgartirish kiritish va qayta nomlash uchun berilgan takliflar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 17-iyundagi № 05-19-9853-sonli yigʻilish bayoni qarori bilan taklif etilgan koʻchalarning nomlari va turi ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (A. Abdiyev) va Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali (lavozimga koʻra) mazkur oʻzgarishlardan kelib chiqib shu hududda joylashgan aholining uy-joyga egalik qilish huquqini beruvchi kadastr hujjatlariga aholidan mablagʻ undirmagan holda oʻzgartirish kiritib bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qibray tumani hokimi oʻrinbosari (R. Xasanov), tuman IIB boshligʻi (I. Rashidov), tuman Statistika boʻlimi (U. Xudaybergenova), tuman Davlat soliq inspeksiyasi (Y. Artikbayev), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (D. Mamajonov), Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali (lavozimga koʻra), tuman tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (K. Inoyatov) va tegishli mutasaddi tashkilotlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror ilovasi asosida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar eʻtiborga olinsin va ushbu qarordan kelib chiqqan holda tegishli idoraviy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimi oʻrinbosari (Oʻ. Abdullayev), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (D. Mamajonov), Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali (lavozimga koʻra):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 kun muddatda hududlardagi nomlari oʻzgargan koʻchalarga zamonaviy koʻrinishdagi (lotin yozuvida) peshlavhalar va uy raqamlarini yozib oʻrnatish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
peshlavhalarni oʻrnatish va moliyalashtirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga koʻrsatmalar berish hamda nazoratga olish vazifalari yuklansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda hududlarda yangi nomlangan koʻchalarning nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tumani ichki ishlar boshqarmasi (I. Rashidov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman mahallalari hududidagi yangi nomlangan koʻchalarda yashovchi fuqarolarga ularning talab va istaklariga qarab yangi fuqarolik pasportlarini berish va ularni roʻyhatga qoʻyishda yangi nomlar bilan yozilishini nazoratga olish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman hokimligi axborot xizmati (T. Tashxodjayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlardagi yangi nomlangan koʻchalarning nomlarini aholi oʻrtasida va ommaviy axborot vositalarida keng targʻib qilish hamda ijtimoiy tarmoqlar, hokimlikning veb-saytiga maʼlumotlarni joylashtirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi (F. Bazarbayeva) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Qаrоr qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi RASHIDOV MUZAFFAR ABROROVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Qibray tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 18-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-12-77-10-139-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.