XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Toshkent viloyati hududidagi markaziy issiqlik taʼminoti korxonalarining issiq suv va isitish xizmatlari tariflari tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 1011-sonli qonunining 3-bob 13-moddasiga asosan, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan viloyat “Olmaliq shahar issiqlik taʼminoti” MCHJga 2025-yil 23-mayda berilgan H-11-01/12-3181-sonli, viloyat “Issiqlik taʼminoti” MCHJga 2025-yil 22-iyulda berilgan H-11-01/12-4494-sonli, “Angren shahar issiqlik taʼminoti” MCHJga 2025-yil 22-iyulda berilgan H-11-01/12-4493-sonli, Chirchiq shahar “Issiqlik taʼminoti” MCHJga 2025-yil 22-iyulda berilgan H-11-01/12-4495-sonli taklif narxlari berilgan.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat, transport va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining “Olmaliq shahar issiqlik taʼminoti” MCHJga 2025-yil 27-maydagi 10/2793-sonli, viloyat “Issiqlik taʼminoti” MCHJ va “Angren shahar issiqlik taʼminoti” MCHJga 2025-yil 23-iyuldagi berilgan 10/388-sonli, Chirchiq shahar “Issiqlik taʼminoti” MCHJga berilgan 2025-yil 23-iyuldagi 10/363-sonli xatlarini oʻrganib chiqilib, viloyatda markaziy issiqlik taʼminoti korxonalarining issiq suv va isitish xizmatlari tariflarini tartibga solish boʻyicha doimiy komissiyaning 2025-yil 23-iyuldagi yigʻilish bayoni va xulosasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi, qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 1011-sonli qonuni ijro uchun qabul qilinsin.
2. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan maʻqullangan taklif narxlari hamda Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining taqdim etgan xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin;
3. Viloyat “Issiqlik taʼminoti” MCHJ, “Angren shahar issiqlik taʼminoti”, Chirchiq shahar “Issiqlik taʼminoti” MCHJ, “Olmaliq shahar issiqlik taʼminoti” MCHJlar tomonidan isteʼmochilarga issiqlik energiyasi va issiq suv taʼminoti xizmatlari tariflari taqdim etilgan hulosalar asosida 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Viloyat hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi (B. Kabulov), “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari (Gʻ. Sheraliyev) isteʼmochilarga issiqlik energiyasi va issiq suv taʼminoti xizmatlarining yangi tariflari 2025-yil 10-sentyabrdan boshlab qoʻllanishi yuzasidan ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borishi tavsiya etilsin.
5. Viloyat “Issiqlik taʼminoti” MCHJ (O. Xojiyev), “Angren shahar issiqlik taʼminoti” MCHJ (D. Pardayeva), Chirchiq shahar “Issiqlik taʼminoti” MCHJ (M. Mirtullayev), “Olmaliq shahar issiqlik taʼminoti” MCHJ (I. Ergashev)lar:
isteʼmochilarga issiqlik energiyasi va issiq suv taʼminoti xizmatlarining yangilangan tariflari 2025-yil 10-sentyabrdan boshlab qoʻllanishi yuzasidan har bir mahallada targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish;
Xalq deputatlari viloyat Kengashiga amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim qilib borish vazifalari yuklansin hamda belgilangan narxlarni muddatidan oldin qoʻllanilishiga hamda asossiz oshib ketmasligi uchun shaxsan javobgar ekanligi belgilansin.
6. Mazkur qaror boʻyicha tariflar 2025-yil 10-sentabrdan qoʻllanilishini inobatga olgan holda Xalq deputatlari toshkent viloyati kengashining 2025-yil 6-yanvardagi VII-4-1-10-0-K/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat, transport va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A. Xudayberganov hamda viloyat hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh. Mahmudov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi FAYZIYEVA SAYYORA MAVLYANOVNA
Toshkent viloyati,
2025-yil 18-avgust,
VII-18-104-10-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.