XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHINING
QARORI
Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-303-sonli Qonuni, “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5850-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli, 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 34-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash yuzasidan 2025-yiling 29-mayida tumandagi 1073 ta geografik obyekt nomini qayta nomlash uchun davlat ekpertizasiga yuborilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yilning 30 iyunidagi 03/08-7101-sonli ekspert xulosasi kelib tushdi. Xulosaga koʻra, 973 ta geografik obyekt nomi “Geografik obyektlar toʻgʻrisida”gi qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilgan. Nomi qonun talablariga muvofiq deb topilgan 973 ta geografik obyekt nomlarini koʻrib, Kengash tasdigʻidan oʻtkazish uchun kun tartibiga kiritildi.
Tumanda amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar toʻgʻrisidagi tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshrish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh. Kuliyevaning axborotini muhokama qilib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yilning 30 iyunidagi 03/08-7101-sonli ekspert xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining ilovada keltirilgan qonun talablariga muvofiq deb topilgan 927 ta geografik obyekt nomlariga berilgan ekspert xulosalari maʼqullansin.
3. Tuman ichki ishlar boʻlimi (E. Narzullayev) tumandagi barcha mahallalardagi qayta nomlangan koʻchalariga va tegishli yoʻl belgilariga oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
4. Tuman kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash boʻlimi boshligʻi (Z. Kuliyev)ga yangi nomlangan koʻchalarda ishlarni tashkil etish va yakuniga yetkazish vazifasi yuklatilsin.
5. Tuman kadastr va tuman stasistika boʻlimlariga yangi nomlangan va nomi oʻzgargan geografik obyektlarni tuman xaritasiga joylashtirish, shuningdek, tegishlicha tuman stastistika maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritsin.
6. “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-303 sonli Qonunning 16-moddasiga koʻra geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasiga ushbu geografik obyektlarga nom berilganligi va ularning nomlari oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni Geografik obyektlar nomlarining davlat reyeystriga kiritish uchun 10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Yergedezkadastr Davlat qoʻmitasiga taqdim etish vazifasi topshirilsin.
7. “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-303 sonli Qonunning 20-moddasiga koʻra Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish tegishli mahalliy budjet hisobidan amalga oshirilishi koʻrsatilgan. Qonunga koʻra tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (N. Sharipov)ga belgilangan tartibda moliyalashtirish vazifasi yuklatilsin.
8. “Baxmal hayoti” gazetasi tahriririyati va tuman hokimligi axborot xizmati (A. Egamberdiyev)larga Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonunlari talablari asosida ushbu olib borilgan ishlarni ommaviy-axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari va tuman hokimining oʻrinbosari B. Zulfiqorov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ERGASHEV AZIZ MAMARASULOVICH
Jizzax viloyati, Baxmal tumani,
2025-yil 15-avgust,
VII-10-113-3-44-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.