15.08.2025 yildagi VII-15-82-10-140-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QUYICHIRCHIQ TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq Quyi Chirchiq tumanidagi mavjud geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geografik obektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 9-iyuldagi yigʻilish bayoni va bayonnoma bilan tasdiqlangan ekspert xulosasini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obektlarning nomlari toʻgʻrisida” va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Quyi Chirchiq tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Kidirovaning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Geografik obektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 9-iyuldagi yigʻilish bayoni va bayonnoma bilan tasdiqlangan ekspert xulosasiga asosan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan tumandagi 588 ta koʻcha nomlari roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyi Chirchiq tuman Davlat soliq inspeksiyasi, tuman statistika boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi, iqtisodiyot va moliya boʻlimi, tuman ichki ishlar boʻlimi, Davlat Kadastrlari palatasi tuman filiali va tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan nomlangan 588 ta koʻcha nomini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda boshqa tegishli tadbirlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi tomonidan fuqarolarni roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Quyi Chirchiq tuman filiali (Sh. Tagabaev) va tuman Davlat xizmatlari markazi (Z. Jumonov )ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Geografik obektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi “Geografik obektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq geografik obektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan koʻchalar nomi oʻzgartirilishi munosabati bilan aholidan belgilangan tartibda davlat boji undirmaslik choralari koʻrilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimining oʻrinbosari (M. Botirov, V. Axmedov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Quyi Chirchiq tuman boʻlimi (O. Bakirov), Obodonlashtirish boshqarmasi (M. Axmedov)ga 1 oy muddatda ushbu qaror ilovasiga muvofiq tasdiqlangan roʻyxat asosidagi koʻchalarga ularning nomlari yozilgan metall koʻrsatkich va belgilar, peshlavhalarni bosqichma bosqich oʻrnatish, almashtirish va olib borilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni belgilangan muddatda Geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” boʻyicha tuman komissiyasi (M. Kidirova)ga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman ichki ishlar boʻlimi (D. Xusanov) fuqarolarning xorijga chiqish, kirish uchun hujjatlarini rasmiylashtirishda koʻchalarning nomlari qayta nomlanganligiga alohida eʼtibor qaratish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda geografik obekt nomlarini toʻgʻri yozilishini doimiy nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror “Erkin soʻz” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Kidirova geografik obektlarga nom berilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni Geografik obektlar nomlarining davlat reestriga kiritish uchun oʻn kunlik muddatda Kadastr agentligiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (O. Bakirov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi XOLMURADOV AKMAL ARSLANOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 15-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-15-82-10-140-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.