XALQ DEPUTATLARI SURXONDARYO VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2025-yil 4-iyuldagi “Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida” VII-3-016-8-0-K/24-son qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” VII-11-100-8-0-K/25-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 147-moddasiga Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2025-yil 4-iyuldagi “Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida” VII-3-016-8-0-K/24-son qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” VII-11-100-8-0-K/25-son qaroriga oʻzgartirish kiritish maqsadida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2025-yil 4-iyuldagi “Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida” VII-3-016-8-0-K/24-son qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” VII-11-100-8-0-K/25-son qarori 1-ilovaga muvofiq qayta tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2025-yil 4-iyuldagi VII-11-100-8-0-K/25-son qarorining 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (I. Yoqubov) zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi CHORIYEV ABDURAIM RAVSHANOVICH
Surxondaryo viloyati,
2025-yil 15-avgust,
VII-12-118-8-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.