XALQ DEPUTATLARI QAMASHI TUMANI KENGASHINING
QARORI
Qamashi tumanidagi geografik obyektni qayta nomlash toʻgʻrisida
Qamashi tumanidagi geografik obyektni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining 2025-yil 13-iyundagi 05-19-9407-son yigʻilish bayoniga koʻra hududdagi geografik obyektni qayta (koʻchani) nomlash haqidagi taklifi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 13-iyundagi 05-19-9507-son ekspert xulosasi va Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 10-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 13-iyundagi 05-19-9507-son ekspert xulosasiga asosan Qamashi tumani hokimining aholi punktlarining tarkibiy qismlari boʻlgan 1 ta geografik obyektni (koʻchani) qayta nomlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Qamashi tumanida qayta nomlanayotgan geografik obyektning roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mahallar uyushmasi tuman boʻlimi (Bekmurzayev)ga bir hafta muddatda tuman hududidagi nomi oʻzgargan geografik obyektni nomini zamonaviy koʻrinishda peshlavhalarga yozib oʻrnatish vazifasi yuklansin.
4. Tumandagi tegishli mahalla fuqarolari yigʻinlari raisiga aholi punktlarining tarkibiy qismlari boʻlgan 1 ta geografik obyektni (koʻchani) qayta nomlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullanganligi munosabati bilan aholi oʻrtasida keng tashviqot-targʻibot ishlarini oʻtkazish tavsiya etilsin.
5. Tuman ichki ishlar boʻlimi (Rahimov)ga qayta nomlangan hududda yashovchi aholining fuqarolik pasportlari berilayotganda mazkur holatga alohida eʼtibor qaratsin.
6. Tumanda qayta nomlangan koʻcha nomini Oʻzbekiston Respublikasi Geografik obyektlari nomlari Davlat reyestriga (oʻzgartirish) kiritish haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga maʼlumot taqdim qilish tuman hokimining maslahatchisi N. Roʻziyeva zimmasiga yuklansin.
7. Mazkur qaror tuman hokimligining rasmiy veb saytida eʼlon qilinsin.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari B. Haydarov hamda xalq deputatlari tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Xudoyberdiyeva) zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi USMONOV XURSHID ABDUKARIMOVICH
Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani,
2025-yil 14-avgust,
VII-11-73-4-58-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.