13.08.2025 yildagi VII-8-80-6-80-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI KOSONSOY TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kosonsoy tuman hududida koʻchalardagi tirbandliklarni kamaytirish, yoʻl transport hodisalarini oldini olish hamda yoʻllarda harakat xavsizligini taʼminlash va harakat ishtirokchilariga qulaylik yaratish maqsadida, tuman markazidagi ayrim koʻchalarni bir tomonlama qilish va yoʻl harakatini nazorat qiluvchi koʻchma mobil punktni oʻrnatish boʻyicha toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kosonsoy tuman hududida koʻchalardagi tirbandliklarni kamaytirish, yoʻl transport hodisalarini oldini olish hamda yoʻllarda harakat xavsizligini taʼminlash va harakat ishtirokchilariga qulaylik yaratish maqsadida, tuman markazidagi ayrim koʻchalarni bir tomonlama qilish boʻyicha toʻgʻrisidagi “Dastur”ni koʻrib chiqilib, aholiga qulayliklar yaratish maqsadida Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining “Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish” boʻyicha doimiy komissiyasi”ning qarorini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kosonsoy tuman hududida koʻchalardagi tirbandliklarni kamaytirish, yoʻl transport hodisalarini oldini olish hamda yoʻllarda harakat xavsizligini taʼminlash va harakat ishtirokchilariga qulaylik yaratish maqsadida, tuman markazidagi ayrim koʻchalarni bir tomonlama qilish boʻyicha “Dastur”ni maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu “Dastur”ga asosan yoʻl harakati ishtirokchilariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kosonsoy tuman markazidagi chorraha va tuman Tibbiyot birlashmasi yoʻlini bogʻlovchi “Gulobod” MFY “Sada Rayhon” koʻchasi hududidagi ichki xoʻjalik yoʻlini tuman markazi tomonidan kirib, “Gulobod” MFY hududidagi Tibbiyot birlashmasi binosi oldidagi koʻchaga chiqib ketadigan qilib qatnov qismini bir tomonlama qilinish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman markazi bilan “Oʻrta koʻcha” MFY hududini bogʻlovchi 0-114, Kosonsoy-Ravot-Chust avtomobil yoʻlining 0-1 kmgacha va “Sohibkor” MFY hududidagi “Mulla Raxim Qori” masjidiga etmasdan “Yaxshi niyat” koʻchasidan “Paxtakor” koʻchasiga oʻtuvchi ichki xoʻjalik yoʻldan, “Istiqlol” MFY, “Oʻrta koʻcha” MFY, “Taxtakoʻprik” MFY hududidan kelayotgan avtotransport vositalari harakatini bir tomonlama qilib, D-113 Toʻraqoʻrgʻon-Kosonsoy yoʻli 15-16 km. oraligʻidagi yoʻlga chiqadigan qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A. Jomiy” MFY hududidagi “Aʼloxon Mahdum” jomeʼ masjidi oldidan “Gulobod” MFY hududidagi chorrahaga chiqadigan bozor ichidagi ichki xoʻjalik yoʻlining bir tomonlama harakarlanish joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda, tuman hokimining oʻrinbosari (A. Xudayberdiyev), tuman Yoʻllardan foydalanish davlat unitar korxonasi (O. Mirzaikromov), tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (M. Tursunov) va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorlikda ikki hafta muddatda “A. Jomiy” MFY hududidagi “Aʼloxon Mahdum” jomeʼ masjidi oldidan kirish, “Gulobod” MFY hududidagi chorrahaga chiqish qismidagi bozor ichidagi ichki xoʻjalik yoʻlini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻlning ikki tomonini avtomobillar uchun turargoh, bunda avtomobillar harakati yoʻlning oʻrtasidan taʼminlanadi, avtomobillarning avtoturargohga oson kirib-chiqishini taʼminlash uchun avtoturargohni maxsus jahon standartlaridan kelib chiqib 45°qiyalikda loyihalashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻlning infratuzilmasidan kelib chiqib, zarur yoʻl belgilarini oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Goʻrmiron MFYning “Tuyatoydi” massiviga yoʻl transprot hodisalarini oldini olish, harakat xavsizligini taʼminlash maqsadida, yoʻl harakatini nazorat qiluvchi koʻchma mobil punktni “Hushyorxona” tashkil etishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman YHX boʻ limi (Sh. Mirzaodilov) bir oy ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman markazidagi shoshilinch xizmatlarning ish faoliyatiga taʼsir etish holatiga boʻyicha xulosalarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hudud joylashgan tashkilot va idoralarga hamda hudud yashovchi aholiga tushuntirish ishlari olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimining oʻrinbosari (A. Xudayberdiyev) hamda tuman yoʻllardan foydalanish davlat unitar korxonasi (O. Mirzaikromov) va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda, ushbu qarorning ikkinchi bandida koʻrsatib oʻtilgan koʻchalardagi yoʻl belgilarni, yoʻl chiziqlarini hamda yoʻl infratuzilmasini bir tomonlama harakatga moslashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman hokimligi Axborot xizmati (R. Temirov) va “Kosonsoynoma” gazetasi (O. Olimov)larga, tuman markazidagi ayrim koʻchalarni bir tomonlama boʻlganini keng jamoatchilik yetkazib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorni ijrosini tuman hokimining oʻrinbosari (A. Xudoyberdiyev)ga va nazorat qilishni Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Dadajonov)ga zimmalariga yuklatilsin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi KADIROV DILMUROD GAFUROVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati, Kosonsoy tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 13-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-8-80-6-80-K/25-son