12.08.2025 yildagi VII-10-86-1-17-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI ASAKA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasiga asosan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan istirohat bogʻi, xiyobon, ziyoratgoh qabristonlar nomlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi 2024-yil 16-maydagi 05-19-01-1587-sonli xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktyabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi 303-son Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respulikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Asaka tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Asaka tuman hokimligi “Geografik obyektlarni nomlash qayta nomlash masalalari boʼyicha tuman komissiyasi”ning taklifi hamda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi 2024-yil 16-maydagi 05-19-01-1587-sonli xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasi bilan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan tumandagi jami 105 ta (1 ta istirohat bogʻi, 1 ta xiyobon, 5 ziyoratgoh va 98 ta qabriston) nomlari roʻyxati 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.Tuman qurilish boʻlimi boshligʻi (U. Nazarov), Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshligʻi (I. Sherov), tuman soliq inspektsiyasi boshligʻi (I. Raximov), tuman statistika boʻlimi boshligʻi (Z. Bozorboyev), tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (O. Ashurov), tuman davlat xizmatlari markazi rahbari (M. Boboxonov) va boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari bilan birgalikda Qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan ziyoratgoh, qabriston, istirohat bogʻlari nomlari boʻyicha ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish bilan boʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Asaka tuman hokimining oʻrinbosari (U. Qurbonov), tuman obodonlashtirish boshqarmasi (B. Asqarov), tuman bosh imom hatibi (O. Raximov), Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi (I. Djoʻraboyev) larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan qabriston nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish, belgilangan tartibda zamonaviy koʻrinishdagi OʻzDST texnik shartlariga javob beradigan peshlavhalar yozib oʻrnatish ishlarini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni moliyalashtirish mahalliy byudjet mablagʼlari va qonun hujjatlarida taʼqiqlanmagan boshqa manbaalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Asaka tuman Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi (X. Gʻanijonov)ga 10 kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qaror nusxasini geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha viloyat komissiyasiga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga Geografik obyektlar ziyoratgoh, qabriston, istirohat bogʻlariga tavsiya etilgan nomlarni davlat reestriga kiritish uchun tegishli hujjatlar taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman hokimligi matbuot xizmati va rasmiy veb-saytiga hamda “Asaka hayoti” gazetasiga joylashtiriisin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Asaka tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyichaoʻrinbosari U. Qurbonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi QOSIMOV QOBILJON QOSIMOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati, Asaka tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 12-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-10-86-1-17-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.