XALQ DEPUTATLARI URGANCH SHAHAR KENGASHINING
QARORI
Urganch shahri Mashʼal mahallasida joylashgan “Boshqa irqlilar” qabristonini qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunining 10-moddasiga muvofiq “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 7-martdagi 01-19-09/2329-son murojaatnomasi va unda qayd etilgan Urganch shahri Mashʼal mahallasida joylashgan “Boshqa irqlilar” qabristonining nomini Birdamlik nomiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflari Respublika toponomika komissiyasida koʻrib chiqilib, bu boʻyicha ekspertiza xulosasi kelganligini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6- va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 7-martdagi 01-19-09/2329-son murojaatnomasi va shahar hokimining qabriston nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Urganch shahri Mashʼal mahallasida joylashgan “Boshqa irqlilar” qabristoni nomini Birdamlik nomiga oʻzgartish yuzasidan taklif ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Shahar statistika boʻlimi (Oʻ. Yoʻldashev), shahar obodonlashtirish boshqarmasi (U. Oʻktamov) shahar hokimligi bilan birgalikda nomlari oʻzgartirilgan qabristonlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Mazkur qaror “Yangi Urganch” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiya” (S. Masharipov) zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi RADJAPOV BUNYOD MADIRIMOVICH
Xorazm viloyati, Urganch sh.,
2025-yil 11-avgust,
VII-13-92-12-180-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.