11.08.2025 yildagi 225-4-58-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QASHQADARYO VILOYATI QAMASHI TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamashi tumani hududida umumfoydalanuvidagi avtomobil yoʻllari va markaziy koʻchalarida fuqarolar va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transporti hodisalarini oldini olish maqsadida yoʻl belgilari oʻrnatish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O'zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunining 6-, 25-moddalariga, “Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi Qonunning 4-, 16-moddalariga, O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi “Yo'l harakati to'g'risida”gi 900-sonli Qonunining 6-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 12-apreldagi 172-sonli qaroriga asosan, tuman hududida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida, tuman Yoʻllardan foydalanish davlat muassasasining 2025-yil 29-martdagi 6-sonli aloqa xatini ko'rib chiqib, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qamashi tumani yoʻllardan foydalanish davlat muassasasining 2025-yil 29-martdagi 6-sonli aloqa xati ma'lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qamashi tumani hududida umumfoydalanuvidagi avtomobil yoʻllari va markaziy koʻchalarida fuqarolar va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transporti hodisalarini oldini olish maqsadida oʻrnatilishi lozim boʻlgan yoʻl belgilari va manzili 1-ilovaga asosan tasdiqlansin hamda mazkur yoʻl belgilarini oʻrnatishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qamashi tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi N. Raximov, tuman ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻi X. Xayrullayev va tuman yoʻllardan foydalanish DM direktori Sh. Almardonov tuman hududida umumfoydalanuvidagi avtomobil yoʻllari va markaziy koʻchalarida fuqarolar va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transporti hodisalarini oldini olish maqsadida yoʻl belgilarini oʻrnatish va doimiy nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimligining axborot xizmati (N. Rasulov) ushbu qarorni tuman hokimligining rasmiy veb saytiga hamda boshqa OAVlarda keng yoritishi tavsiy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Q. Haydarov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi X. USMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 11-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225-4-58-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.