XALQ DEPUTATLARI SOʻX TUMANI KENGASHINING
QARORI
Soʻx tumani hududidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ijrosi yuzasidan hamda tuman hokimining 2025-yil 13-maydagi 67-11-159-F/25-sonli farmoyishiga asosan, Respublika aerogeodeziya markazi Fargʻona hududlararo boʻlinmasi tomonidan Fargʻona viloyati Soʻx tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarining yakuniga koʻra tumandagi shaharcha va qishloqlarining umumiy perimetri 270041,66 metr umumiy maydoni 22479,69 gektar ekanligi aniqlandi.
Jumladan:
Qala shaharchasi umumiy perimetri 4415,50 metr, umumiy maydoni 60,67 gektar;
Ravon shaharchasi umumiy perimetri 8511,36 metr, umumiy maydoni 159,03 gektar;
Sarikanda shaharchasi umumiy perimetri 6099,24 metr, umumiy maydoni 146,23 gektar;
Soʻx shaharchasi umumiy perimetri 6308,48 metr, umumiy maydoni 74,68 gektar;
Tul shaharchasi umumiy perimetri 10745,89 metr, umumiy maydoni 168,42 gektar;
Xushyor shaharchasi umumiy perimetri 7549,42 metr, umumiy maydoni 126,29 gektar;
Yangiariq shaharchasi umumiy perimetri 6608,43 metr, umumiy maydoni 134,91 gektar;
Ozod qishlog'i umumiy perimetri 63275,31 metr, umumiy maydoni 11111,00 gektar;
Rovon qishlog'i umumiy perimetri 70469,32 metr, umumiy maydoni 4610,57 gektar;
So`x qishlog'i umumiy perimetri 42593,25 metr, umumiy maydoni 3916,11 gektar;
Xushyor qishlogʻi umumiy perimetri 44022,77 metr, umumiy maydoni 1971,79 gektar;
Soʻx tumani maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilashda shaharcha va qishloqlar chegaralari ajratib koʻrsatilgan holda tavsiflandi. Chegaralar chizigʻining yozuvli matni tavsifida joyning tegishli topografik elementlari bilan bogʻlanib, chegara nuqtalari oʻrtasidagi masofasi va chegara chizigʻining qutb yoʻnalishlari aks ettirildi. Chegara chizigʻining burilish nuqtalari koordinatalari koʻrsatildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Davlat kadastrlar palatasining Soʻx tumani filiali rahbarining axborotini tinglab, taqdim etilgan maʼlumotlar fikr va mulohazalarini hamda taklif va tavsiyalarini atroflicha oʻrganib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Davlat kadastrlari palatasining Soʻx tumani filiali rahbari v.v.b R. Vohidovning Soʻx tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash toʻgʻrisidagi axboroti hamda Respublika aerogeodeziya markazi Fargʻona hududlararo boʻlinmasi tomonidan Soʻx tumanidagi shaharcha va qishloqlarning chegaralarini belgilash boʻyicha bajarilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish yuzasidan tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruh tarkibining 10-iyul 2025-yil sonli yigʻilish bayoni maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Soʻx tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlari yakuniy natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot 1-ilovaga hamda maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash boʻyicha kartografik chizmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimligi matbuot xizmati A. Jurayevga ga mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytida yoritilishini taʼminlasin.
4. Ushbu qarorning tasdigʻi Fargʻona viloyati Xalq deputatlari Kengashidan soʻralsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari va tuman hokimining barcha oʻrinbosarlari I. Tojiboyev, M. Mavlonbekov, S. Murzoyev, A. Safarov zimmalariga yuklatilsin.
Kengash raisi SAYIDMUSAYEV SAYIDBAXROM SAYIDBURXONOVICH
Fargʻona viloyati, Soʻx tumani,
2025-yil 8-avgust,
VI-12-75-11-159-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.