SURXONDARYO VILOYATI ANGOR TUMANI HOKIMINING
QARORI
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining oʻn uchinchi sessiyasini chaqirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq qaror qilaman:
1. Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining oʻn uchinchi sessiyasi 2025-yil 13-avgust kuni soat 15-00 da Angor tumani hokimligining majlislar zalida chaqirilsin.
2. Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining oʻn uchinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-438-sonli qarorining ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida.
Davlat organlari va tashkilotlari tuman tuzilmalarida norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyotining holati yuzasidan 2025-yil 2-choragi yakuni boʻyicha Angor tumani Adliya boʻlimi boshligʻi F. Raxmonovning axboroti toʻgʻrisida.
Angor tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimi S. Kuchkarovning “Angor tumani mahalliy byudjetining 2025 yil 2-chorak ijrosi haqida”gi hisoboti.
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Angor tuman Kengashi deputatlik guruhi ish rejasiga koʻra, Sanitariya Epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Angor tumani boʻlimi tomonidan 2025-yil birinchi yarim yillik yakuniga qadar olib borilgan ishlar yuzasidan boʻlim boshligʻi M. Irdanaqulovning hisoboti toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-330-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi U. Yuldashevning 2025-yil 2 chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida.
Angor tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan 2025-yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari va 2025-2026 oʻquv yiliga tayyorgarlik holati toʻgʻrisida
Angor tumanida yoshlar faoliyati bilan bogʻliq muammolar va uning yechimi, hududlarni ijtimoiy rivojlantirish hamda aholi orasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning koʻlami yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari J. Baxromovning 2025-yil 1-yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida.
Angor tumanida sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek, sogʻliqni saqlashning asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻining 2025-yil 1-yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida.
Angor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2025-yil 1 yarim yillik davomida aholiga ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish boʻyicha amalga oshirgan ishlari hamda sohani korrupsiyadan holi sohaga aylantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar holati yuzasidan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori I. Mustaramovning hisoboti toʻgʻrisida.
Tuman hokimining sessiyalar oraligʻida qabul qilingan qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Boshqa masalalar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-sonli farmoni talablari asosida xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasini ommaviy axborot vositalari orqali jonli efirga uzatilishini taʼminlash, qabul qilingan qarorlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish vazifasi tuman hokimining matbuot xizmati rahbari G.Jumayeva zimmasiga yuklansin.
4. Ushbu qaror ijrosi nazoratini oʻz zimmamda qoldiraman.
Tuman hokimi Q. MARDONOV
Surxondaryo viloyati, Angor tumani,
2025-yil 7-avgust,
231-8-109-Q/25-son