06.08.2025 yildagi VII-12-94-4-68-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI YAKKABOGʼ TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakkabogʻ tuman mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 126-moddasiga asosan, tuman hokimligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Farmonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda kechiktirib boʻlmaydigan boshqa tadbirlarga tuman mahalliy budjetining 2025-yil 2-chorak yakuni boʻyicha daromadlar rejasining ortigʻi bilan bajarilgan qismi hisobidan mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi takliflarini koʻrib chiqib, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan bildirilgan takliflar, fikr va mulohazalarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Yakkabogʻ tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hokimligining tuman mahalliy budjetining 2025-yil 2-chorak yakuni boʻyicha daromadlar rejasining ortigʻi bilan bajarilgan qismi hisobidan mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi takliflari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman mahalliy budjetining 2025-yil 2-chorak yakuni boʻyicha daromadlar rejasining ortigʻi bilan bajarilgan qismi hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Farmonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish shuningdek, kechiktirib boʻlmaydigan boshqa tadbirlarga ajratiladigan mablagʻlar 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (A. Latipov) hamda tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (Sh. Eshmatov)lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddatlarda mazkur qarorning ilovasiga muvofiq koʻzda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash maqsadida tegishliligi boʻyicha mablagʻlarni moliyalashtirish choralarini koʻrish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi talablariga asosan tuman mahalliy budjetining xarajatlar qismiga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan maqsadli mablagʻlarni oʻz vaqtida va samarali ishlatilishi yuzasidan moliyaviy hisobotlar asosida tizimli oʻrganishlar oʻtkazish, oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalariga koʻra, ishlatilmasdan qolgan va iqtisod qilingan mablagʻlarni tuman mahalliy budjetiga qaytarish choralarini koʻrish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi, tegishli tashkilot rahbarlari va masʼul xodimlariga, mazkur qarorning ilovasiga muvofiq koʻzda tutilgan mablagʻlardan oʻz vaqtida belgilangan tartiblar asosida maqsadga muvofiq foydalansinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman Gʻaznachilik xizmati boʻlimi boshligʻi (J.Rajabov) ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha shartnomalarni oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazish va xarajatlarni belgilangan tartibda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Yakkabogʻ tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Joʻraev hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A. Latipovlar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi YULDASHEV DILMUROD MAXMADALIYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 6-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-12-94-4-68-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.