XALQ DEPUTATLARI BUVAYDA TUMANI KENGASHINING
QARORI
Buvayda tuman mahalliy budjetining 2025-yil maqbullashtirilgan mablagʻlaridan qoʻshimcha mablagʻ ajratish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrda qabul qilingan “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-sonli Qonuniga (Keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi.) muvofiq, Xalq deputatlari Kengashlarini mahalliy budjetlarni boshqarishda erkinliklar berilib, soliqlar va yigʻimlar boʻyicha stavkalarini belgilash, mahalliy budjeti xarajatlarini hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilar kesimida tasdiqlash va ularning Kengash oldidagi hisobdorligini belgilash boʻyicha vakolatlari kengaytirildi.
Mazkur Qonunga hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksiga hamda “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-sonli Qonuniga muvofiq Buvayda tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi o`rinbosari A.Ergashevning 2025-yil maqbullashtirilgan mablag`lar toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnalogiyalarni tashkil etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-57-sonli qarori, 2022-yil 9-sentabrdagi “Energiya tejovchi texnalogiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-220-sonli farmoni va 2025-yil 1-apreldagi “Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-133-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi “2025 yilda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish toʻgʻrisida”gi 205-sonli qarorlariga asosan hamda Buvayda tuman hokimligining 2025-yil 22-apreldagi 14/708- sonli ogohlantirish xatini inobatga olib, tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`limi binosi, Kambag`allikni qisqartirish banlikka ko`maklashish bo`limi binosi hamda iqtisodiyot va moliya bo`limi, g`aznachilik xizmati bo`linmasi, tuman budjetdan tashqari pensiya jamg`armasi va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi faoliyat olib boradigan binoga quyosh panellari sotib olish va o`rnatish bilan bogʻliq xarajatlar uchun har bir binoga yani 3 ta binoga 100 mln.so`mdan jami: 300 mln.soʻm mablagʻ tuman mahalliy budjetining 2025-yilda maqbullashtirilganmablagʻlari hisobidan yuqoridagi tashkilotlarga ajratilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-fevraldagi “2025-2026 yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 83-sonli qarori, 2025-yil 6-yanvardagi “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tartibini takomilashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1-sonli qarorlariga asosan hamda Buvayda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimining 2025-yil 04-iyuldagi 01/436- sonli soʼrov xatini inobatga olib, boʼlimga qarashli 3-maktabgacha taʼlim tashkilotining eshik-romlarini almashtirish, 33-maktabgacha taʼlim tashkilotining yaroqsiz xolatga kelgan xojatxona va oshxonasini taʼmirlash, 16-maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini taʼmirlash, 11-maktabgacha taʼlim tashkilotining tom qismini taʼmirlash uchun qurilish mahsulotlari sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarga 1 mlrd.so`m mablagʻ tuman mahalliy budjetining 2025-yilda maqbullashtirilgan mablagʻlari hisobidan tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga ajratilsin.
3. Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi (SH. Abdulxayev), Tuman hokimligi bosh hisobchisiga, Kambag`allikni qisqartirish va bandlikka ko`maklashish bo`limi (E. Tursunov), Veterinariya va chorvachilini rivojlantirish bo`limi (I. Nazarov)larga:
moliyalashtirish manbasini ochish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlarni tegishli moliya va gʻaznachilik boʻlimlariga taqdim etishini nazoratga olish;
moliyalashtirish manbasini ochish uchun oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlarni tuman moliya boʻlimi va gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etilishi hamda mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
4. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshlig`i (D. Maxsitaliyev) tegishli ravishda budjet mablagʻlari taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni oʻrnatish hamda erishilgan natijalar boʻyicha hisobotlarini Kengashga kiritib borilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining barcha doimiy komissiyalari hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari-Iqtisodiyot va moliya bo`limi boshlig`i (D. Maxsitaliev) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi IBRAGIMOV BEXZOD ODILJONOVICH
Fargʻona viloyati, Buvayda tumani,
2025-yil 5-avgust,
VII-12-86-11-154-K/25-son