QASHQADARYO VILOYATI MUBORAK TUMANI HOKIMINING
QARORI
Muborak tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 39-bandiga asosan tumanda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)ni aniq belgilab olish maqsadida, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi hamda Oʼzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Muborak tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. Tuman hokimligi (N. Abdinazarov), tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudiri (U. Daminov)ga tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish topshirilsin.
3. Tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul etib belgilansin.
4. Tuman hokimligi matbuot kotibi (I. Maxmudov) mazkur qarorni tuman hokimlikning muborakt.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan Muborak tuman hokimining 2024-yil 19-iyun kunidagi “Muborak tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida”gi № 226-4-64-Q/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari N. Abdinazarov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi MURODOV G. N
Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani,
2025-yil 4-avgust,
282-4-64-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.