XALQ DEPUTATLARI UCHKOʻPRIK TUMANI KENGASHINING
QARORI
Uchkoʻprik tumanidagi ayrim geografik obyektlarning nomlarini qonun hujjatlari talablariga muvofiq oʻzbek tilida yozilishi qoidalari asosida normallashtirilib, davlat reyestriga kiritish toʻgʻrisida
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunining 16-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 20-iyun kunidagi 05-19-100-74-sonli xatini koʻrib chiqib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Tuman hokimining tumandagi ayrim geografik obyektlari nomlarini oʻzbek tilida yozilishi qoidalari asosida normallashtirib, (qabristonlar va ziyoratgohlar) davlat reyestriga kiritilishi boʻyicha bildirgan taklifi maʼqullansin.
2. Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlariga muvofiqligi haqidagi ekspert xulosasiga asosan qonun hujjatlari talablariga muvofiq oʻzbek tilida yozilishi qoidalari asosida normallashtirilib, davlat reyestriga kiritilayotgan geografik obyektlarning nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tumandagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda, geografik obyektlarning roʻyxatdan oʻtkazilgan nomlaridan foydalanishi belgilansin.
4. Tuman hokimligi matbuot kotibi A. Ermatov mazkur Kengash qarorini tuman hokimligi “Yangi Uchkoʻprik” gazetasida, shuningdek rasmiy internet-kanallar va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish tavsiya etilsin.
5. Ushbu Kengash qaroridan Davlat Soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tuman boʻlimiga yuborilsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi M. Moʻminov zimmasiga yuklansin.
Sessiya raisi M. M. DEXQONOV
Fargʻona viloyati, Uchkoʻprik tumani,
2025-yil 31-iyul,
VII-15-163-11-162-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.