29.07.2025 yildagi VII-13-65-10-143-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI OʼRTACHIRCHIQ TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Oʻrta Chirchiq tumani hududidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ijrosi yuzasidan hamda tuman hokimining 2024-yil 14-dekabrdagi 200-2-37-F/24-sonli farmoyishiga asosan, Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarining yakuniga koʻra tumandagi shaharcha va qishloqlarining umumiy perimetri 534396 metr, umumiy maydoni 40740,11 gektar ekanligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorasuv shaharchasi umumiy perimetri 8504 metr, umumiy maydoni 238,33 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuyaboʻgʻiz shaharchasi umumiy perimetri 7622 metr, umumiy maydoni 196,31 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchlik shaharchasi umumiy perimetri 9474 metr, umumiy maydoni 186,04 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy qishlogʻi umumiy perimetri 67791 metr, umumiy maydoni 6705,52 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Angor qishlogʻi umumiy perimetri 29130 metr, umumiy maydoni 3258,05 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haqiqat qishlogʻi umumiy perimetri 65688 metr, umumiy maydoni 3505,1 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqbol qishlogʻi umumiy perimetri 39285 metr, umumiy maydoni 3201,58 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqota qishlogʻi umumiy perimetri 23135 metr, umumiy maydoni 2073,71 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrtasaroy qishlogʻi umumiy perimetri 30196 metr, umumiy maydoni 2594,75 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxtakor qishlogʻi umumiy perimetri 36707 metr, umumiy maydoni 2545,7 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxtaobod qishlogʻi umumiy perimetri 49545 metr, umumiy maydoni 3564,12 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorasuv qishlogʻi umumiy perimetri 37092 metr, umumiy maydoni 3709,20 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuyaboʻgʻiz qishlogʻi umumiy perimetri 57010 metr, umumiy maydoni 2487,58 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyshun qishlogʻi umumiy perimetri 28022 metr, umumiy maydoni 2523,53 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi turmush qishlogʻi umumiy perimetri 13228 metr, umumiy maydoni 885,01 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻngʻichqoli qishlogʻi umumiy perimetri 31967 metr, umumiy maydoni 3065,58 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta Chirchiq tumani maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilashda shaharcha va qishloqlar chegaralari ajratib koʻrsatilgan holda tavsiflandi. Chegaralar chizigʻining yozuvli matni tavsifida joyning tegishli topografik elementlari bilan bogʻlanib, chegara nuqtalari oʻrtasidagi masofasi va chegara chizigʻining qutb yoʻnalishlari aks ettirildi. Chegara chizigʻining burilish nuqtalari koordinatalari koʻrsatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kun tartibidagi masala yuzasidan Davlat kadastrlari palatasining Oʻrta Chirchiq tumani filiali rahbarining axborotini tinglab, taqdim etilgan maʼlumotlar fikr va mulohazalarini hamda taklif va tavsiyalarini atroflicha oʻrganib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat kadastrlari palatasining Oʻrta Chirchiq tumani filiali rahbari F. Rasulovning Oʻrta Chirchiq tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash toʻgʻrisidagi axboroti hamda Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Oʻrta Chirchiq tumanidagi shahar, shaharcha va qishloqlarning chegaralarini belgilash boʻyicha bajarilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish yuzasidan tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruh tarkibining 2025-yil 16-iyun 15-sonli yigʻilish bayoni maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻrta Chirchiq tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlari yakuniy natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot 1-ilovaga hamda maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash boʻyicha kartografik chizmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari Oʻrta Chirchiq tuman Kengashining 2023-yil 12-dekabrdagi VI-64-80-10-143-K/23-sonli hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2024-yil 13-martdagi VI-88-25-10-0-K/24-sonli qaroriga asosan 2406,12 ga (Oqota qishlogʻidan 1619,36 ga, Qumovul qishlogʻi 730,20 ga, Sholikor shaharchasi 56,56 ga) yer maydoni Toshkent shahri tarkibidagi Yangi Toshkent tumani hududiga oʻtkazilishi Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Senatining qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi matbuot xizmati A. Ergashevga mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytida yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning tasdigʻi Toshkent viloyati Xalq deputatlari Kengashidan soʻralsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari va tuman hokimining barcha oʻrinbosarlari zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi KASIMOV IXTIYOR RUSTAMOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-13-65-10-143-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.