XALQ DEPUTATLARI ANGOR TUMANI KENGASHINING
QARORI
Angor tumanidagi mavjud ayrim geografik obyektlarni nomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora tadbirlari haqida” gi 295-son qarori, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Ekspetiza komissiyasining 2025-yil 11-iyundagi 05-19-9481-sonli yigʻilish bayoni hamda Respublika ekspertiza komissiyasining 2025-yil 11-iyundagi 05-19-9481-sonli ekspertiza xulosasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha tuman komissiyasi raisi oʻrinbosari J.Baxramovning tumandagi ayrim Geografik obyektlarni nomlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi doimiy komissiyaga bergan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Ekspetiza komissiyasining 2025-yil 11-iyundagi 05-19-9481-sonli yigʻilish bayoni hamda Respublika ekspertiza komissiyasining 2025-yil 11-iyundagi 05-19-9481-sonli ekspertiza xulosasi maʼqullansin.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Ekspetiza komissiyasining 2025-yil 11-iyundagi 05-19-9481-sonli yigʻilish bayoni hamda Respublika ekspertiza komissiyasnbing 2025-yil 11-iyundagi 05-19-9481-sonli ekspertiza xulosasiga asosan tumandagi jami 96 ta geografik obyektlarini nomlash va qayta nomlash boʻyicha berilgan ekspertiza xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida” gi Qonunining 4-moddasiga asosan, qonun hujjatlariga muvofiq deb hisoblanganligi inobatga olinsin hamda tuman boʻyicha jami 96 ta geografik obyektlarning nomlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tumanda geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha mavjud 96 ta geografik obyektlarning nomlari Respublika Kadastr agentligi ekspertiza komissiyasi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilganligi inobatga olinib, ushbu 96 ta geografik obyektlarninig roʻyxati xalq deputatlari tuman Kengashi qarori asosida Respublika Kadastr agentligining davlat reyestri elektron bazasiga kiritish maqsadida viloyat hududiy komissiyasiga taqdim etilsin.
6. Mazkur sessiya qarori ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Qoʻzimuratov) zimmasiga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi MARDONOV QOSIM ESONOVICH
Surxondaryo viloyati, Angor tumani,
2025-yil 29-iyul,
VII-12-92-8-109-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.