28.07.2025 yildagi VII-11-74-13-181-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI AMUDARYO TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amudaryo tumani boʻyicha suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 20-maydagi 01/23-128-sonli majlis bayoni qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun qoʻshimcha 379 mln m3 suv limiti ajratilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 29-maydagi 129-sonli buyrugʻiga asosan tumanlar kesimida limitlar qayta taqsimlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qaroriga asosan Amudaryo tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktorining “Amudaryo tumani boʻyicha suv isteʼmolchilariga oʻrnatilgan cheklangan suv miqdori (limit)ni tasdiqlash to`g`risida”gi hisibotini tinglab va muhokama qilib Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Amudaryo tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktorining “Amudaryo tumani boʻyicha suv isteʼmolchilariga oʻrnatilgan cheklangan suv miqdori (limit)ni tasdiqlash to`g`risida”gi hisiboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 2024-yil 24-sentabrdagi “Amudaryo tumani boʻyicha 2024-2025-yillar kuz-qish davri uchun suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VI-80-126-13-181-K/24-sonli qarorining 1-ilovasiga oʻzgartirishlar kiritilishi sababli mazkur qaror ilovasi unga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan 1-ilovaga muvofiq qayta tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 2025-yil 23-maydagi “Amudaryo tumani boʻyicha 2025-yilning sugʻorish mavsumi uchun suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-9-53-13-181-K/25-sonli qarorining 1-ilovasiga oʻzgartirishlar kiritilishi sababli mazkur qaror ilovasi unga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan 2-ilovaga muvofiq qayta tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi XOJAMETOV SABIR JABBARBERGANOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-11-74-13-181-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.