FARGʻONA VILOYATI FARGʻONA TUMANI HOKIMINING
QARORI
Fargʻona tumani “Fargʻona-Vodil-Shoximardon” avtomabil yoʻlga yoʻl belgilarini oʻrnatish toʻgʻrisida
Fargʻona tumani Shohimardon mahallasi Shohimardon qishlogʻi aholisi va mehmonlarga qulaylik yaratish, tirbandlikni oldini olish maqsadida va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transporti hodisalarini oldini olish maqsadida yoʻl belgilari oʻrnatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddalariga, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 4 — 16-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi 900-sonli Qonunining 6-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qaroriga asosan, tuman hududida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida, tuman Ichki Ishlar boʻlimining 2025-yil 28-iyundagi 37/11-1302-sonli xatini koʻrib chiqib, qaror qilaman:
1. Fargʻona tuman Ichki Ishlar boʻlimining 2025-yil 28-iyundagi 37/11-1302-sonli xatini maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Fargʻona tumani Shohimardon mahallasi Shohimardon qishlogʻi aholisi va mehmonlarga qulaylik yaratish, tirbandlikni oldini olish maqsadida va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash yoʻl transporti hodisalarini oldini olish maqsadida oʻrnatilishi lozim boʻlgan “Fargʻona-Vodil-Shoximardon” avtomabil yoʻlining PK 288+88 dan PK 292+38 oraligʻi Shohmardon qishlogʻi markaziga 3.27 “Toʻxtash taqiqlanadi” hamda 7.1.1 “Taʼsir oraligʻi” yoʻl belgilarini oʻrnatishga ruxsat berilsin.
3. Fargʻona tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi (J.Xasanov), tuman Yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi rahbari (A.Zikryayev)lar hamkorlikda Shohimardon mahallasi Shohimardon qishlogʻi aholisi va mehmonlarga qulaylik yaratish, tirbandlikni oldini olish maqsadida va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transporti hodisalarini oldini olish maqsadida yoʻl belgilarini oʻrnatish va doimiy nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
4. Tuman hokimligining axborot xizmati (A. Ergashev) ushbu qarorni tuman hokimligining rasmiy veb saytiga hamda boshqa OAV larda keng yoritishi tavsiya etilsin.
5. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari M.Qodirxonov zimmasiga yuklatilsin.
Fargʻona tuman hokimi INOMOV X. T
Fargʻona viloyati, Fargʻona tumani,
2025-yil 25-iyul,
173-11-163-Q/25-son