XALQ DEPUTATLARI BUVAYDA TUMANI KENGASHINING
QARORI
Buvayda tuman mahalliy budjetiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrda qabul qilingan “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-sonli Qonuniga (Keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi.) muvofiq, Xalq deputatlari Kengashlarini mahalliy budjetlarni boshqarishda erkinliklar berilib, soliqlar va yigʻimlar boʻyicha stavkalarini belgilash, mahalliy budjeti xarajatlarini hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilar kesimida tasdiqlash va ularning Kengash oldidagi hisobdorligini belgilash boʻyicha vakolatlari kengaytirildi.
Mazkur Qonunga, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 27 — 148-moddalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Buvayda tuman mahalliy budjetiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi Buvayda tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi o`rinbosari A.Ergashevning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. O`zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 148-moddasiga asosan bir hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun ajratilgan budjet mablagʻlarni boshqa hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorining:
- 10 foiz va undan ortiq miqdorda xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan;
- 10 foizdan kam miqdorda tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeks 145-moddasiningikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
3. Tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tasarrufidagi bir budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchidan boshqa budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchi uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni oʻtkazish hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar soʻroviga koʻra tumanlar va shaharlar Iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatib oʻtilganligi inobatga olinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ishchi guruhuning Buvayda tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-iyuldagi 318-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda budjet tashkilotlarining so`rov xatlarini inobatga olib, tuman mahalliy budjetiga ilova asosan o`zgarishlar kiritilsin.
5. Tuman Iqtisodiyot va moliya bo`limining birinchi oʻrinbosari (A.Ergashev)ga tuman mahalliy budjetining xarajatlar qismiga kiritilayotgan oʻzgarishlarni viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda amalga oshirish vazifasi yuklatilsin
6. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshlig`i (D.Maxsitaliev) tegishli ravishda budjet mablagʻlari taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni oʻrnatish hamda erishilgan natijalar boʻyicha hisobotlarini Kengashga kiritib borilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy isloxotlar bo`yicha” doimiy komissiyasi (Z.Mamajonov) hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari-Iqtisodiyot va moliya bo`limi boshlig`i (D.Maxsitaliev) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi IBRAGIMOV BEXZOD ODILJONOVICH
Fargʻona viloyati, Buvayda tumani,
2025-yil 24-iyul,
VII-11-81-11-154-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.