XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Viloyatdagi ayrim mahallalarni birlashtirish va ixchamlashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi “Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 48-sonli qaroriga asosan Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining 2025-yil 10-iyundagi 01-6986-sonli va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasining 2025-yil 10-iyundagi 01/06-37-sonli xatlari hamdaviloyatda mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha viloyat hokimligi huzuridagi idoralararo doimiy komissiyasining 2025-yil 19-apreldagi 7-174-sonli xulosasiga koʻra viloyatda jami 22 ta mahallarni birlashtirish va ixchamlashtirish masalasinikoʻrib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining 2025-yil 10-iyundagi 01-6986-sonli va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasining 2025-yil 10-iyundagi 01/06-37-sonli xatlari hamda viloyatda mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha viloyat hokimligi huzuridagi idoralararo doimiy komissiyasining 2025-yil 19-apreldagi 7-174-sonli xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Viloyatning shahar(tuman)laridagi geografik jihatdan bir-biriga yaqin boʻlgan mahallalarni birlashtirish va ixchamlashtirish roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2025-yil 23-apreldagi “Viloyat idoralararo doimiy komissiyasining viloyatdagi ayrim mahallalarni birlashtirish va ixchamlashtirish yuzasidan xulosasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi VII-8-56-12-0-K/25-sonli qarori asosida viloyatning shahar (tuman)laridagi geografik jihatdan bir-biriga yaqin boʻlgan mahallalarni birlashtirish va ixchamlashtirish boʻyicha Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan mahallalarning chegaralarini belgilash yuzasidan yigʻma jildi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi D.Bekchanova, Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi direktori Oʻ.Matqurbanov hamda “Xorazm haqiqati” gazetasi bosh muharriri S.Raximberganovalar ushbu qarorni rasman eʼlon qilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari raislari zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi RADJABOV ALTIBAY BEGJANOVICH
Xorazm viloyati,
2025-yil 24-iyul,
VII-11-102-12-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.