24.07.2025 yildagi VII-10-82-5-71-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karmana tumanidagi geografik obyektlarga nom berish, koʻchalarni toifalarga ajratish va qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 14-apreldagi 03/08-3820-sonli hamda 2025-yil 9-iyundagi 03/08-6218-son xatlari bilan yuborilgan Geografik obyektlarga nom berish va va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish kommisiyasining ekspert xulosasi,shuningdek,mazkurkomissiyaning2025-yil 11-apreldagi 05-19-178-sonli hamda 2025-yil 5-iyundagi 05-19-9123-sonli ekspert xulosalarini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-, 6-, 10-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-, 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 14-apreldagi 03/08-3820-sonli hamda 2025-yil 9-iyundagi 03/08-6218-son xatlari bilan yuborilgan Geografik obyektlarga nom berish va va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish kommisiyasining ekspert xulosasi, shuningdek, mazkur Komissiyaning 2025-yil 11-apreldagi 05-19-178-sonli hamda 2025-yil 5-iyundagi 05-19-9123-sonli ekspert xulosalari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasi majlisining 2024-yil 10-maydagi 35-son bayoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Karmana tuman hokimligi, Davlat kadastrlari palatasi Karmana tuman filiali, mahalla boʻlimi masʼullari bilan birgalikda tashkil etilgan xatlovlar natijasida tumandagi mavjud barcha toifadagi nomlanmaga koʻchalar 1858 ta koʻcha (asosiy koʻchalar – 354 ta, tor koʻchalar – 745 ta, berk koʻchalar – 759 ta) ekanligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasiga, nomuvofiq deb xulosa berilgan 182 ta geografik obyekt nomini qonun hujjatlari talablari asosida qayta oʻrganishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Karmana tumanidagi 1858 ta toifalarga ajratilgan, nomlangan va qayta nomlangan koʻchalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kadastrlar palatasi Karmana tuman filiali (S.Aliqulov) 15 (oʻn besh) kun muddatda xalq deputatlari Karmana tuman Kengashining mazkur qarori bilan oʻzgartirilgan geografik obyektlarining nomlarini davlat reyestriga kiritish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Karmana tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi (J.Otamurodov), tuman statistika boʻlimi (A.Joʻrayev), Kadastrlar palatasi Karmana tuman filiali (S.Aliqulov)ga tegishli davlat roʻyxatidan oʻtkazish idoralari bilan birgalikda mazkur qarordan kelib chiqib hisobotlarga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Karmana tuman ichki ishlar boʻlimi (A.Ikromov) yangi nom berilgan va nomlari oʻzgartirilgan hududlarda aholining fuqarolik pasportlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Karmana tuman boʻlimi (S.Baxronov) bir oy muddatda hududlarda nomlari oʻzgargan geografik obektlarning nomini aholi oʻrtasida keng targʻib etish, belgilangan tartibda zamonaviy koʻrinishdagi (lotin yozuvida) peshlavhalarga yozib, oʻrnatish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari (J.Musayev), “Karmana ovozi” gazeta tahririyati (A.Joʻrayev)ga, mazkur qaror rasman eʼlon qilingandan soʻng, “Karmana ovozi” gazetasida va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish, xalq deputatlari Karmana tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (F.Jumayeva) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi ADIZOV VALIJON YUSUPOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati, Karmana tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-10-82-5-71-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.